Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Kunde "Barselona"ni tanlaganining 5 sababi

Kunde "Barselona"ni tanlaganining 5 sababi

Baho:
+ | -

 Kunde hali rasman boshqa jamoaga o‘tmagan bo‘lsa-da, "Barseloga" "Chelsi"ning burni ostidan ko‘plab o‘yinchilarni o‘ziga olib qo‘ymoqda, degan hazillar allaqachon tarmoqda aylanib ulgurgan. Lekin har bir hazilda haqiqat bor va endi bu jamoaga kelish uchun yetarli sabablar bor. Keling, “Sevilya” himoyachisi misolida bu holatni ko‘rib chiqaylik.

1-sabab: Jamoa tarkibi

Agar bir yil oldin Barsa inqirozga uchragan bo‘lsa, Messi ketib, yosh futbolchilardan boshqa najot ko‘rinmagan, sxema yo‘q, lekin hozir buning aksi. Aqlli transfer siyosati tufayli jamoa umidli yosh futbolchilarni ham, deyarli har bir chiziqda tajribali top-futbolchilarni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Darhaqiqat, “Barsa”ning deyarli ikkita teng kuchli tarkibi bor. Hujumda Levandovski, Dembele, Obameyang, Rafinya, yarim himoyada - Kessie, Pedri Gavi va Buskets. Himoyada Kristensen, Arauxo, Pike va Kunde.

"Chelsi" bilan solishtirganda, ular hozir yaxshiroq ko‘rinishda. Aristokratlar Sterlingni sotib oldi, lekin hujumchi muammosini haligacha hal qilmadi. Yarim himoyada o‘sha "Siti" yoki "Liverpul"dagidek yuqori darajadagi futbolchilar kam. "Chelsi" yozda kimnidir sotib oladimi yoki yo‘qmi noma’lum. Shu bois, bu holat muammolar yuzaga kelgan taqdirda inglizlarni omadsiz mavsum o‘tkazishidan darak beradi.

2-sabab: Murabbiy va jamoa loyihasi

Shu o‘rinda shuni aytish kerakki, Tuxel Xavidan kuchsiz emas, aksincha, lekin “Chelsi” o‘z xo‘jayinini o‘zgartirdi, ba’zi futbolchilar ketdi, hozir nima bo‘lishini aytish qiyin, bu ochiqdan-ochiq pul ineksiyasi bo‘ladimi?! Yillar davomida "Barselona" go‘yoki o‘z uslubi va yetakchiligini yo‘qotib bormoqda, jangovar jamoani rivojlantirish va yangi uslub yaratishga Xavi tayyor. Qolaversa, Xavi o‘z o‘yinini, futbolga qarashini, hammaning maydondagi o‘rnini aniq tushuntiradi. Endi biz Gvardiola davridagidek ustunlikni ko‘rishimiz mumkin, shuning uchun loyiha shubhasiz istiqbolli.

3-sabab: Kuboklar uchun kurash.

Agar shu jihat haqida gapiradigan bo‘lsak, La Liga ikki jamoadan iborat liga. Faqat ba’zida Atletik(o) kurashga qo‘shiladi. Ammo umuman olganda, Chempionlar ligasidan tashqari, “Real” va“Barsa” har doim barcha ichki sovrinlarga da’vogarlik qiladi. Angliyada raqobat ancha katta. O‘tgan mavsumda "Chelsi" ikkita finalda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, bir mavsumda kamdan-kam hollarda bir martadan ortiq sovrin yutadi. Shunday ekan, bu yerda “Barselona”ning ham ustunligi bor.

4-sabab: Moslashish

Kunde Ispaniyada o‘ynashga o‘rganib qolgan. U har doim ham shiddatli bo‘lmagan ligada o‘ynaydi. “Barsa”ga moslashish osonroq. Lekin mamlakatni o‘zgartirish, yangi til o‘rganish va hokazolar istalgan futbolchiga qiyinchilik tug‘diradi.

5-sabab: OAV

Agar siz zahira futbolchisi bo‘lsangiz, ammo "Barsa" yoki "Real Madrid"ga tegishli bo‘lsangiz, sizda doimo reklama shartnomalari, e’tibor, ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlik bo‘ladi. Angliyada bunday bo‘lmasligi mumkin, tumanli albionda OAV yetakchiligi Manchester tomonidan qo‘lga kiritilgan. O‘yinchining brendi ularga muxim emas.

Shunday qilib, Kundening “Barselona”ga kelishi hozirgi vaziyat sharoitida unchalik ajablanarli emas. Muammo shundaki, “Sevilya” haligacha futbolchi borasidagi rasmiy xabarni tasdiqlamagan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:47, 27.07.2022.
O'qildi: 4815 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.