Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq himoyachisi Dani Alvesh Meksika chempionatida debyut qildi.
Braziliyalik himoyachi “Pumas” tarkibida “Masatlan” jamoasiga qarshi o‘yinda (1:1) asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa o‘ynadi.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida 39 yoshli braziliyalik futbolchi Nikolas Freyrega golli uzatmani amalga oshirdi va uning goli "Pumas" jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.