Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Laporta Bartomeoning izidan ketayotgan bo‘lishi mumkin. "Barselona"da yangi jamoa shakillanishiga vaqt kerak

Laporta Bartomeoning izidan ketayotgan bo‘lishi mumkin. "Barselona"da yangi jamoa shakillanishiga vaqt kerak

Baho:
+ | -

 Laporta yangi jamoa qurmoqda va populizmni yaxshi ko‘radigan "Barselona" muxlislariga esa bu yoqdi. Endi esa hamma Messining jonajon klubiga qaytishi haqida gapirmoqda. Rostan Leo “Barselona”ga qaytadimi? Agar bu rost bo‘lsa, Xavi bunga nima deydi. Uning taktikasi va rejalarida “Echki” uchun joy bormi?

Xavi taktikasida Leoga joy bormi?

Agar argentinalik Parijda baxtli bo‘lsa, bunday gaplarni aytish g‘alati. Ammo haqiqat shundaki Messi Fransiya klubida baxtli emas. Bu esa ikki jamoa uchun ham yoqimsiz xolat. Birinchidan, Messi uchun yana katta pul to‘lash kerak va kredit sxemasi Kataloniya klubiga qanday ta’sir qilishi noma’lum. Ikkinchidan, Lionel qarib qoldi, sekinlashdi, hujum markazida Levandovskisi bo‘lgan jamoaga kerak emas. Dembele, Rafinya, Fati va Depay kabi qanotlarni yondirib berishi qiyin. Buskets markazida Kessi, De Yong, Gavi va Pedri, Messi pressingda o‘ynaydigan yarim himoyachi roliga hatto nazariy jihatdan ham mos kelmaydi.

Xo‘sh, unda nega hamma Leoning qaytishi haqida gapirmoqda? Menimcha, jamoatchilikni xursand qilish uchun, chunki Laporta "Barselona"ning qanchalik katta qarzlari va naqadar sarguzashtli transfer kampaniyasi ekanligini hammadan yaxshi biladi, bu nosamimiy so‘zlarni yuzga aytish va hali ham shubhada bo‘lgan narsani va’da qilish qobiliyatiga asoslangan - Xavining "Barselona"sining muvaffaqiyati ham shunda.

Kataloniyaliklarning saviyali tarkibi bor

 Kunde xuddi yangi Puyolga o‘xshaydi, chunki u markazda va o‘ngda o‘ynay oladi, jamoadoshlarini himoya qiladi, u chiziqda hammadan ortroqda o‘ynaydi. Arauxo so‘nggi mavsumda muxlislarning sevimlilaridan biri bo‘ldi. Shuningdek, Kristensen, Garsiya, Mingesa va Pike ham bor. Birgalikda oltita futbolst, uchta markaziy himoyachidan foydalanadigan sxema uchun ikkita trio paydo bo‘ladi. Yoki ikki himoyachili o‘yinda 3 ta tandem.

Tayanch zonasida Kessie va Niko Gonsales, Xavi hatto Pyanichni ham olib qoldi. Shuningdek, hujumda, hatto markaziy hujumchi pozisiyasida ham, Depayning so‘nggi yillardagi rolini hisobga olsak, tanlash imkoniyati ko‘p – jamoada to‘rtta markaziy hujumchi bor. O‘yinchilar ro‘yxati "Barselona"ni 2 teng kuchli tarkibi bor gigantlar ro‘yxatiga kiritish imkonini beradi. Ammo, keling, Xavining o‘zi yaxshi ko‘rganidek, tanqidiy nazar bilan qaraymiz.

Qayta qurish hali boshlanmagan

Pul havodek kerak, iyul oyi oxirida esa Breytveyt, Pyanich, Grizmann va De Yong bilan shartnoma tuzilishi mumkin. "Atletiko" Antuanni sotib olmadi, garchi bunday variant bor edi. "Bavariya" De Yong uchun katta pul to‘lashga shoshilmayapti, garchi Kataloniyada gollandiyalikni maoshining deyarli yarmidan voz kechishga ko‘ndirishmoqda. “MYU” esa Frenkini sotib olishi tobora imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

"Barselona" o‘rtoqlik o‘yinlarida yutdi, ammo bu rasmiy o‘yin emas. Dembele bir-ikki marta ajoyib o‘yin o‘tkazib, keyin yarim mavsum davomida lazaretdan kelmasligi mumkin. Bechora Fati 10 raqam masuliyatini ko‘tara olmayapti. Buskets 34 yoshda. Markazda Kessie, Pedri va De Yong triosini tashkil qilib, uni zaxira o‘rindig‘iga qo‘yish ham xavfli, Serxioning o‘yinni boshqarish qobiliyati zarur. Shuningdek zahirada Gavi, Niko va Pyanich bor.

Messi va Suaresning hikoyalari shunchaki "Barselona" so‘nggi yillarda qanday xayrlashishni unutganini ko‘rsatdi. Yaqinda Depayni jamoadan quvmoqchiligi, Ferran Torresga nisbatan tushunarsiz munosabatni ko‘rdik. Qimmatbaho yangi kelgan futbolchilar xali rasmiy o‘yinlar o‘tkazmadi. Kim ularning yangi Koutinyo bo‘lib qolmasligini kafolatlay oladi. "Aston Villa" braziliyalikni arzimagan 20 million yevro evaziga oldi. 31 million yevroga sotib olingan Trinkau esa ijaradan beri kelmaydi.

Klub transfer narxidan uyalyapti

Vaziyat kulgili, "Barselona" "Bavariya"dan Levandovskining transferi miqdori haqida gapirmaslikni so‘radi. Ular rasman 45 million yevroni tan olishadi, biroq bonuslarni olish oson – Chempionlar ligasiga chiqish uchun 5 million yevro va yakunlangan mavsum uchun yana 10 million yevro. Shuningdek, ular Rafinyaga 58 million yevro berganligini aytmaslika urindi, garchi bu Premyer-liganing o‘rtalaridan kelgan yigit uchun jiddiy garov.

"Lids" va "Sevilya" ajoyib klublar, ammo "Barselona" boshqa darajada. Shunday qilib, Rafinya va Kunde jamoaga moslashishi osonroq. Levandovski esa nafaqat Xavi bilan do‘stlashishi, balki jamoadoshlari bilan ham til topishishi kerak.  Qanotlarda kim o‘ynaydi? Biz ideal laterallarni ko‘rmayapmiz, tajriba Alba haqida gapirish mumkin, lekin u qarib qoldi. Agar Xavi 3-4-2-1 sxemasidan foydalanishni rejalashtirsa, Rafinya va Dembele hujum qanotlarini band qiladi.

Obameyang ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi qiyinroq, ammo Pyer-Emerik Levandovski bilan do‘stona munosabatda. Agar ular 4-4-2 taktikasini tanlasa, shuningdek, Pedri va Gavining ko‘p qirraliligiga imkon bersa, unda biz o‘tmishdagi "Borussiya" D hujumchilarining o‘yinini ko‘rishimiz mumkin.

Xavi ikkinchi marta urinib ko‘rmaydi

Menga "Barselona"ning tarkibi yoqadi, Xavi o‘rtacha murabbiy emas, lekin Laportning o‘zining eksklyuzivligiga, xato qilmaydigan qutqaruvchi roliga ishonishi xavfli. Ushbu rejimda Peres eng yomon mag‘lubiyatlardan omon qoldi, Bartameu boshqalarning pullarini eyforiya bilan sarfladi. Ular uning qarorlaridan chetga chiqmayapti, garchi brend hali ham qarz majburiyatlari borligini bilsa-da. Atrofdagilar "Barselona" qarzlar haqida o‘ylamayotganidan hayratda, chunki klub homiylardan kelgan pulni deyarli hammasini transferlarga ishlatmoqda.

 Xavi hali yangi futbolchilar bilan yangi jamoa yig‘ishga ulgurmaydi, vazifa La Ligada g‘alaba qozonish bo‘ladi, Laporta esa allaqachon populistik mashinani ishga tushirgan. Ular Levandovski yangi klubda yanada yaxshiroq natijalar ko‘rsatishiga ishonmoqda.

"Barselona" shunday - aqldan ozgan xarajatlar, chiroyli tarkib, har bir chiziqda kuchli futbolchilar ko‘p. Lekin Xavining bitta xatosi va "Ayntraxt" bilan o‘yin takrorlanishi mumkin, faqat raqiblarning nomi boshqacha bo‘ladi. Endi asosiysi futbolchilarning umidlarini aldamaslik, aldangan armiyadan yomonroq narsa yo‘q.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:36, 30.07.2022.
O'qildi: 4650 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.