Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Shaxmat-2022: Har ikki jamoamiz bugun g‘alaba qozondi

Shaxmat-2022: Har ikki jamoamiz bugun g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining uchinchi kuni o‘z yakuniga yetdi. 3-turda erkaklar terma jamoamiz ham, ayollar terma jamoamiz ham yana bir g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Slovakiya terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, ikkita durang va ikkita g‘alaba bilan yana ikki ochko jamg‘ardi. Oq donalarda o‘ynagan Abdusattorov va Sindarov g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, qora donalar o‘ynagan Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov durang qayd etishdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘z ochkolarini 6taga yetkazib, 4-o‘rinda bormoqda. Terma jamoamiz 4-turda kuchli raqib — AQSHga qarshi bahslashadi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Zambiya terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida to‘liq g‘alaba qozondi. Yoqubboyeva, Omonova, Bobomurodova va Hamdamova raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Ayollar terma jamoamiz esa 4 ochko jamg‘argan holda 51-pog‘onani egallab turibdi. Terma jamoamiz 4-turda Dominikan Respublikasiga qarshi dona suradi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 1-turda Nepal, 2-turda Farer orollari terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ayollar terma jamoamiz 1-turda Gana terma jamoasi mag‘lub etgan bo‘lsa, 2-turda AQSH terma jamoasiga yutqazib qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz: 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2024 yil Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladi. 2026 yil o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun O‘zbekiston ham da’vogarlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:05, 31.07.2022.
O'qildi: 2380 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.