Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

OFK JCH-2026 saralash bosqichi formatini e’lon qildi

OFK JCH-2026 saralash bosqichi formatini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichi formatini e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Mundial uchun Osiyoga 8+1 ko‘rinishida kvota ajratilgan. Qit’a chempionatida esa 24ta jamoa ishtirok etadi.

Mazkur saralash kampaniyasi 4ta bosqichdan iborat bo‘ladi. Ular haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Birinchi bosqich
FIFA reytingida eng quyi pog‘onani egallab turgan 22ta terma jamoadan qur’a orqali 11ta juftlik hosil qilinadi. Ular uy va safar tizimida o‘zaro to‘qnash kelishadi. G‘olib jamoalar ikkinchi bosqichga yo‘l olishadi. Bu bosqich 2023 yilning oktyabr oyida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich
Reytingda yuqori 25ta o‘rinni egallagan jamoalar va 1-saralash bosqichidan o‘tgan 11ta jamoa — jami 36ta jamoa ikkinchi bosqichda ishtirok etishadi. Ular qur’a orqali 9ta guruhga bo‘linadi. Uchrashuvlar ikki davrada o‘tkaziladi. Guruhlarda dastlabki 2ta o‘rinni egallagan jamoalar uchinchi bosqichga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Mazkur 18ta jamoa Osiyo kubogi-2027 yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadi. Ushbu bosqich o‘yinlari 2023 yilning noyabr oyidan 2024 yilning iyun oyiga qadar bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

Uchinchi bosqich
18ta jamoa qur’a yordamida 3ta guruhga taqsimlanadi. Har bir guruhda oltitadan jamoa o‘rin oladi. Uy-safar tizimida o‘yinlar o‘tkaziladi. Guruhlarda dastlabki 2ta o‘rinni egallagan jamoalar — jami 6ta terma JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Ushbu bosqich 2024 yil sentyabr oyidan boshlab 2025 yil mart oyigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.

To‘rtinchi bosqich
Uchinchi bosqichda guruhlarda 3 va 4-o‘rinni egallagan terma jamoalar (jami 6ta jamoa) to‘rtinchi bosqichda 2ta guruhga ajratiladi. O‘yinlar faqat bir davrali tizimda o‘tkaziladi. Guruh g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi pog‘onani band etganlar esa qit’alararo pley-off yo‘llanmasi uchun o‘zaro kurash olib borishadi. Ushbu bosqich bahslari 2025 yilning noyabr oyiga belgilangan.

Osiyo kubogi-2027 saralash bosqichi
Ushbu musobaqaning 18ta o‘rni qanday aniqlanishi haqida yuqorida ma’lumot berib o‘tdik. Qolgan 6ta yo‘llanma egalari 2ta bosqichda aniqlanadi. JCH-2026 saralashining dastlabki bosqichida yutqazgan 11ta jamoadan 10tasi o‘zaro juftlik hosil qiladi hamda pley-off orqali 5ta jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Ular orasida eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan bitta jamoa esa bevosita ikkinchi bosqichdan saralashga qo‘shiladi.

Ikkinchi bosqich
JCH-2026 ikkinchi saralash bosqichida guruhlarda 3 va 4-o‘rinni egallagan jamoalar (jami 18ta) safiga yuqoridagi 6ta jamoa qo‘shiladi. 24ta jamoa 6ta guruhga bo‘linadi. Guruh g‘oliblari Osiyo kubogi-2027 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:17, 01.08.2022.
O'qildi: 6445 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик