Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Barsa»ni firibgarlar boshqaradimi?

«Barsa»ni firibgarlar boshqaradimi?

Baho:
+ | -

Oxirgi ikki yil ichida «Barselona» Yevropaning eng muvaffaqiyatli klublari safidan tushib qoldi.

Yashil maydondagi natijalarning pasayib ketishiga klub mutasaddilarining shoshma-shosharlik bilan amalga oshirgan faoliyati sabab bo‘ldi. Yangi futbolchilar uchun sarflangan mablag‘lar, oshirib yuborilgan ish haqlari, barbod bo‘lgan homiylik shartnomalari - aynan shu omillar klubni shu qadar ayanchli holga olib keldiki, jamoa ramzi bo‘lgan Messi uni tark etishga majbur bo‘ldi.

Yangi prezident Joan Laporta davrida inqirozga qarshi ko‘rilayotgan iqtisodiy chora-tadbirlar evaziga «Barselona» asta-sekinlik bilan, lekin yuqoriga ko‘tarila boshladi. Shunday bo‘lsada, klubning tashqi qarzi Yevropa uchun rekord miqdorda - 1,3 mlrd. yevroga baholanmoqda. Ish haqi jamg‘armasi esa -144 mln. (manfiy balans bilan yangi mavsumni boshlashga ruxsat bermasliklari mumkin)

Shunday vaziyatda ham «Barsa» transfer bozorida faol qatnashmoqda - Kessye va Kristensenlarning o‘tishi rasmiylashtirildi, Usmon Dembelening shartnoma muddati uzaytirildi, Rafinya naq 70 mln.ga, Robert Levandovski esa 50 mln.ga sotib olindi.

Bu harakatlar firibgarlik va moliyaviy nayranglarmikan? Aslida, unday emas - «Barselona» shunchaki, moliyaviy holatini yaxshilab olish va jamoani qayta shakllantirish maqsadida makkorona tryuklardan foydalanishga urinmoqda.


Nima uchun «Barsa»  muammoni pul bilan hal qilishga majbur bo‘lmoqda?

Futbol klublaridagi qarzdorlik - keng tarqalgan hodisa. Ayniqsa, stadionlarning yopilishiga sababchi bo‘lgan koronavirus epidemiyasidan ke­yin. Qarzlar odatda yangi homiylarni jalb etish, translyasiyalar huquqini sotish va transferlardan keladigan daromadlar hisobiga qoplanadi.

Biroq Ispaniyada klublarning transfer bozoridagi imkoniyatini sezilarli darajada cheklaydigan qoida hukm­ron. Bu - MFP qoidasi - La-Liga ish haqi byudjetining maksimal darajasini daromadlar hisobotiga ko‘ra belgilaydi. Klublarning ish haqi jamg‘armasi undan yuqori bo‘lishi mumkin emas. Maksimal miqdor klubning umumiy daromadidan barcha harajatlar va qarzni chegirib tashlash yo‘li bilan belgilanadi. Boshqa ligalarda ish haqi jamg‘armasi miqdorining oshirib yuborilishi jarima bilan jazolanadi. La-Ligada esa kirim-chiqim hajmi mos kelmagan klub musobaqadan chetlatiladi.

Aynan shu jihat «Barsa»ning Messidan voz kechishiga sabab bo‘ldi - kovid tufayli ko‘rilgan zarar yulduzlar maoshining ko‘tarilib ketishi oqibatida bu mezon ikki baravarga qisqardi, yaqinda esa umuman, minusga tushib ketdi.  Hozir «Barsa»ning maosh jamg‘armasi -144 mln. yevro (ligadagi yagona salbiy ko‘rsatkich). Qisqasi, klub jamoa tarkibidagi futbolchilarni qaydnomadan o‘tkazish uchun sarmoyalar jalb etishi va maoshlar hajmini 250-300 mln. yevroga kamaytirishi lozim. Taqqoslash uchun, «Real»­ning ish haqi jamg‘armasi 739 mln. yevro. Shu bois, «Barsa» hattoki yangilarni qaydnomaga kiritish imkoniyatiga ham ega emas.


Klub bu qoidani qay yo‘sinda chetlab o‘tadi?

Kataloniyaliklar bunday sharoitga moslashib oldilar. Misol uchun, o‘tgan mavsumda jamoaga erkin agent maqomida kelgan Depay, Aguero va Garsiyani Pike, Buskets va Albaning maoshlarini kamaytirish evaziga ro‘yxatdan o‘tkazishdi, qishda bu tryukni Yumtitiga qo‘llab, Ferran Torresni rasmiylashtirdilar. Amaldagi shartnomalarni qisqartirilgan maoshlar bilan qayta imzolash usuli ham samara bermoqda. Masalan, Usmon Dembele yozda erkin agentga aylandi va tez orada ish haqi 40 foizga kamaytirilgan kelishuvga imzo chekdi.

Maoshlar jamg‘armasini yengillashtirishning eng oddiy usuli - qimmatbaho futbolchilarni sotib yuborish. Aynan shu sababli klub 140 mln. yevroga xarid qilingan Filippe Koutinyoni atigi 20 mln.ga sotib yubordi. Antuan Grizmanni keyinchalik xarid qilish sharti bilan ijaraga berib yubordi.

Hozir «Barsa» tarkibdan tushib qolgan Yumtiti, Neto, Breytueyt, Trinkau va Pyanichni tekinga yoki arzimas bahoda qo‘yib yuborishga tayyor.

Yana bir ajabtovur yurish - shartnomalarni ish haqi ortib boradigan shart bilan imzolash yoki qayta imzolash.

Ayni pallada «Barsa» maoshlar varaqasini pasaytirishi shart. Shu sababli, yangi kelgan o‘yinchilar dastlabki ikki mavsumda juda oz ish haqi oladilar, ammo maoshlari har mavsumda oshib boradi va dastlabki mavsumdagi moliyaviy yo‘qotish o‘rnini to‘ldiradi. Pike, Alba va Buskets kabi faxriylar bilan ish haqining kamaytirishga kelishiladi. Shuningdek, kechiktirilgan to‘lovlar masalasini ham hal etiladi. Natijada hech bo‘lmaganda yangi mavsum hisoboti talab darajasidagi ko‘rinishga keladi.

 

«Iqtisodiy richaglar»

Mazkur atamadan Joan Laporta moliyaviy vaziyatga oid savollarga javob qaytarayotganida tez-tez foydalanadi. Ulardan biri klub ixtiyoridagi teletranslyasiyalar huquqining 25 foizini 25 yilgacha bo‘lgan muddatga sotish. Ikkinchisi, klubning marketingni boshqarish va lisenziyalashga ixtisoslashgan BLM kompaniyasi aksiyalarining 49,9 foizini sotish. Klub shu usul bilan 400 mln. yevroga umid qilmoqda, buning 207 mln.i hozirning o‘zida kerak.

Laporta davrida klub AQSHning Sportify kompaniya­si bilan 3 yillik shartnomani imzolab, 280 mln. yevro oladigan bo‘ldi. Buning evaziga «Barsa» erkaklar va ayollar jamoalari liboslarida homiy nomini ovoza qiladi, shuningdek, stadionni nomlash huquqini ham berdi.

Bundan tashqari, 2021 yil yozida klub Goldman Sachs bankidan 10 yillik muddatga 1,98 foiz ustama bilan 455 mln. yevro kredit olgandi. Kelishuv teletranslyasiyalar huquqi bilan kafolatlangan.


Xulosa

«Barselona» hamon o‘ta murakkab moliyaviy holatda bo‘lgani sababli, yangi o‘yinchilar xaridi xususida fikr bildirish qiyin, lekin klub to‘xtab qolmadi. Laporta jamoasining faoliyat yo‘nalishi tushunarli: vaziyatni o‘nglash uchun faxriy o‘yinchilar maoshlari kamaytiriladi, yirik ish haqi oladigan futbolchilar, shuningdek, klub tasarrufidagi firma va kompaniyalar aksiyalarining ma’lum foizi sotib yuboriladi. Yangi mavsumda klub ulkan moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lmasligi mumkin, ammo makkorona yechimlar va transfer bozoridagi puxta o‘ylangan kelishuvlar evaziga Xavini faqat yuksak marralarni ko‘zlaydigan raqobatbardosh jamoa bilan ta’minlashga intilishiga shubha yo‘q. Bu ishlarda zarracha bo‘lsada, firibgarlik illati yo‘q, balki boy berilgan sha’ni, nufuzi uchun kurashayotgan, muxlislari mehrini qaytarishga urinayotgan ahil jamoaning havas qilishga arziydigan donolarga xos sa’y-harakatlari bor, xolos!

SODIQ SOBIR tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 01.08.2022.
O'qildi: 3359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.