Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Kunde "Barselona"da qancha maosh ishlab olishi ma’lum qilindi

Kunde "Barselona"da qancha maosh ishlab olishi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

"Sevilya" klubidan shu yozda "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan fransiyalik himoyachi Jyul Kunde keyingi 5 yil ichida Kataloniya klubida bonuslarni hisobga olmaganda 57,5 ​​million yevro ishlab oladi, deb xabar beradi Cadena SER.

Manbaga ko‘ra, Kunde "Barselona"dagi birinchi yilida 9,5 million yevro ishlab oladi va keyingi to‘rt yil ichida soliqdan oldin 12 million yevro ishlab oladi. Shuningdek, 23 yoshli futbolchining shartnomasida o‘ynagan 60 foiz o‘yin uchun 2 million yevro va qo‘lga kiritilgan unvonlar uchun 1 million yevro miqdorida bonuslar belgilangan.

Transfer summasi 50 million yevroni tashkil etdi va turli bonuslarni hisobga olganda, bu 62,5 milliongacha oshishi mumkin.

Avvalroq Kundening o‘zi Londonning "Chelsi" jamoasiga borishi mumkinligini tan olgandi, biroq "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta, klub muxlislari va bosh murabbiy Xavining mehrini his qilib, futbolchi bilan shartnoma imzolashga juda qiziqqan "Barselona"ni tanlagan edi. .

Kunde o‘tgan mavsumda “Sevilya” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Fransiya terma jamoasi futbolchisini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:50, 02.08.2022.
O'qildi: 4061 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.