Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

"Barselona" Breytueytning maqsadini tushunmayapti

"Barselona" Breytueytning maqsadini tushunmayapti

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchi Martin Breytueytning jamoani tark etishga ko‘ndirishda davom etmoqda.

Marca xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar hujumkor o‘yinchilar sonini kamaytirishga harakat qilmoqda va daniyalikni hamkorlikni davom ettirishni istamasligi haqida allaqachon ma’lum qilgan. Hujumchi AQSHga turnega chiqqan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilmagan va klub bu vaqt ichida Martin yangi jamoa topishini kutgandi.

Biroq hujumchi ketishdan bosh tortdi, shu jumladan, tekin transferga ham rozi emas, chunki qolgan ikki yillik maoshini to‘liq olish niyatida.

"Barselona" qo‘shimcha bosim o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda, ammo Breytueyt sudga shikoyat qilishi mumkinligidan qo‘rqishmoqda. Shu bilan birga, klub hozirgi vaziyatga umuman ahamiyat bermayotgan futbolchining pozisiyasini tushunmayapti.

O‘tgan mavsumda hujumchi La Ligada 4 ta o‘yinda 2 ta gol urdi.

Kiritildi: 06:06, 05.08.2022.
O'qildi: 2087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.