Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Jamoa o‘zgarishga muhtoj. Rahbariyatdan va samarqandlik muxlislardan uzr so‘rayman». Andrey Shipilov «Dinamo»dan iste’foga chiqishini ma’lum qildi

«Jamoa o‘zgarishga muhtoj. Rahbariyatdan va samarqandlik muxlislardan uzr so‘rayman». Andrey Shipilov «Dinamo»dan iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Superliga 11-turining qoldirilgan uchrashuvi doirasida «Dinamo» Samarqandda «Nasaf»ga yirik hisobda (0:4) mag‘lub bo‘lgach, «Dinamo» bosh murabbiyi Andrey Shipilov matbuot anjumanida iste’foga chiqishini bildirdi.

— Bugungi o‘yin haqida nima ham derdim... Biz birinchi golni o‘tkazib yuborguncha o‘yin namoyish etdik. Jamoa xarakter ko‘rsata olmadi. Futbolda jamoa o‘z irodasini namoyish eta olmasa, bu bosh murabbiyning aybi. «Dinamo» qo‘l ostimda 5ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham g‘alaba qozonmagan ekan, men iste’foga chiqaman. Yaxshisi yangi murabbiy kelsin, jamoani biroz ruhlantirsin. Ayni damda jamoaga o‘zgarishlar kerak. Rahbariyatdan va samarqandlik muxlislardan uzr so‘rayman. Qo‘limdan kelganini qildim. Ammo bu vazifani uddalashim uchun yetarli bo‘lmadi. «Dinamo»ga omad tilayman. Bu hayot.

— Iste’fo jamoaning natijalari bilan bog‘liqmi?
— Ha, natija qoniqarsiz bo‘lsa jamoaga o‘zgarishlar kerak bo‘ladi. Natija yo‘q ekan, murabbiy ketishi kerak.

Hozirda tarkibdagi muammolar – Erkin Boydullayevning sariq kartochkalari soni 4taga yetgani uchun o‘ynay olmagani, Marat Bikmayev mashg‘ulotlardagi jarohati sabab o‘ynamagani, Yovanovichning jarohati sabab to‘p surmayotgani haqida gapirish, bahonadek ko‘rinib qoladi. Tarkibda yana 17 nafar futbolchi bor, ular maydonga tusha olmagan o‘yinchilar o‘rnini to‘ldirishi kerak.

Bugun o‘yinni yaxshi boshladik, ammo himoyada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik, axmoqona penalti barchasini o‘zgartirib yubordi. Jamoa o‘zgarishlarga muhtoj. Yangi murabbiy kelishi kerak, yana 13 tur bor, vaziyat hali fojiali emas. Kim kelsa, u natijalarni yaxshilashi lozim. Men vaziyatni o‘nglash uchun hamma ishni qildim, ammo bu qo‘limdan kelmadi. Barchaga rahmat.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:13, 07.08.2022.
O'qildi: 1892 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик