Daniel Karvaxal "Real" Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Muvaffaqiyatga erishganingizda, eng qiyini uni takrorlashdir.
Mavsumning qolgan 5 ta sovrini uchun kurashamiz”, - dedi “Real” himoyachisi Frankfurtning “Ayntraxt” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0).