"PSJ" hujumchi Mauro Ikardiga u jamoa rejalariga kiritilmaganini aytdi.
Parij klubi argentinalik futbolchini mashg‘ulotlardagi “nomaqbul” futbolchilar ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar beradi RMC Sport.
29 yoshli futbolchi asosiy jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazadi, "PSJ" unga ishonmaydi.
Ikardi Liga 1 1-turidan o‘rin olgan "Klermon" bilan o‘yin uchun qaydnomaga kiritilmagan.