Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Samvel Babayan: “Men uchun o‘z jamoam eng zo‘ri”

Samvel Babayan: “Men uchun o‘z jamoam eng zo‘ri”

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.Samvel Vyacheslavovich odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Avvalo muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Namoyish etgan o‘yinlari uchun yigitlarga ham rahmat aytaman. Boisi, bugungi bahs biz uchun qiyin kechdi. Shuningdek, “Surxon” ko‘rsatgan o‘yinni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bugungi g‘alabamizni jamoamiz bilan kelishgan holda ,”Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlashga qaror qildik. O‘sha jamoada iste’dodli murabbiy va futbolchilar jam bo‘lishgan va ular kelajakda ham ajoyib murabbiy va menejerlarga aylanishlari ham mumkin edi. Aslida bu fojia butun bir davrning yo‘qotilishidir. “Paxtakor-79” a’zolari doimo xotiramizda, ularni doimo yodga olamiz va faxrlanamiz. 

Garchi jamoada chap qanot himoyachilari bo‘lsada, ushbu qanotda markaziy himoyachini o‘ynatyapsiz. Bunga izoh bera olasizmi?

- Jamoamizda kimning jismoniy holati yaxshi bo‘lsa, o‘sha futbolchi maydonga tushadi. Yigitlar bugun maydonda o‘z vazifalarini juda yaxshi uddalashdi. Golban ham o‘ziga yuklangan barcha vazifani bajardi. Chap qanot himoyachilariga kelsak, ularga e’tiroz yo‘q. Ammo hozirgi kunda Golbanning o‘yini bizga ko‘proq ma’qul kelmoqda. Ayni paytda chempionatimizdagi barcha jamoalar futbol o‘ynashni bilishlarini isbotlashmoqda. Bundan tashqari, barcha o‘yinning syujeti turli xil kechadi. Biz har bir bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Asosiy vazifamiz muxlislarni xursand qilish. 

- Jamoaning kelajakdagi potensiali haqida gapirsangiz. Kelajakda bu potensial yanada oshadimi? Ya’ni, ehtimoliy qo‘lga kiritiladigan OCHL yo‘llanmasi yanada kuchliroq o‘yinchilarni jamoaga taklif etilishiga sabab bo‘ladimi  yoki hozirda bor e’tibor faqatgina chempionlikka qaratilganmi?

- Chempionlikka kelsak, bizning asosiy vazifamiz barcha o‘yinlarda muxlislarni xursand qilish va kerakli natijaga erishish. Chempionat tugaganidan so‘ng esa biz yakuniy xulosalarga kelamiz. Jamoaning potensialiga haqida gapiradigan bo‘lsak, yozgi transferlar “oynasi”da jamoa tarkibiga qo‘shilgan futbolchilar - Abdumannopov va Yaxshiboyev “Navbahor”ning o‘yinini kuchaytirishganini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa yozda jamoaga sifatli o‘yinchilar olib kelinganini anglatadi. Bugungi kundagi “Navbahor”da raqobat kuchli va deyarli barcha o‘yinchilar milliy terma jamoaga nomzod futbolchilardir. Har bir bahsda raqibni o‘rganib, bor kuchimizni namoyish qilishimiz lozim. “Nasafga qarshi o‘yinda ham ta’kidlaganimdek, biz bugun ham uchrashuvning boshidan oxirigacha o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Mana bizning vazifa nimadan iborat. Buning uchun esa bizda saviyali futbolchilar yetarli.

- Samvel Babayan o‘zbek futbolida katta nom. Ammo Nasafga qarshi kechgan yoki bugungi o‘yinda ko‘ryapmizki, murabbiylar sizga hakamga bosim o‘tkazyapsan, degandek munosabatda bo‘lishyapti. O‘tgan o‘yinda Ro‘ziqul Berdiyev, bugun esa Surxon murabbiyi siz bilan muloqotga kirishmoqchi bo‘ldi. Aynan bu borada siz haqingizda qanaqadir salbiy fikr shakllanib qolganmi?

- Ro‘ziqul Berdiyev bilan yuz bergan vaziyatda sobiq o‘yinchimiz jamoamiz a’zosiga qarshi yaqqol qo‘pollik ishlatdi va qo‘shimchasiga Iskanderov bilan nizoda provokasiya qildi. Men o‘z shogirdlarimni har doim himoya qilaman. Qolgan gaplarga kelsak, men uchun o‘z jamoam eng zo‘ri. Men qayerda ishlasam ham jamoa uchun jonimni berishga tayyor bo‘laman. Faqatgina shu yo‘l orqali natijaga erishiladi. Istalgan yaxshi murabbiyni tanqid qilishadi. Menga kimdir nimadir deyishidan ko‘ra, o‘z futbolchilarim muhimroq.

- O‘yin payti emosiyalaringizni yashira olmaysiz. Bizda hozir Samvel Babayan maydonga tushib ketadi, degan taassurot paydo bo‘ladi...

- Yo‘q, men maydonga tushib ketmayman. Agar bunday qilsam, bu hakamlar tomonidan jazolanadi. Jamoam o‘yinini hissiyot bilan boshqarishimning sababi esa aynan shu kayfiyatni futbolchilarimga o‘tkazaman. Maydonda jang bo‘layotgan payt men o‘zimni xotirjam tuta olmayman. O‘zimdagi energiyani yigitlarga o‘tkazishim kerak.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:26, 12.08.2022.
O'qildi: 2343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.