Fransiyaning "Monako" klubi himoyachi Kayo Enrike bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli braziliyalik bilan yangi shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Tomonlar 3 haftalik muzokaralardan so‘ng nixoyat kelishuvga erishishdi.
Transfermarkt futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda. Uning eski shartnomasi 2025 yilda nixoyasiga yetar edi.