Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 PSJ 4-1 Lion
22/04 00:00 Real Madrid 3-2 Barselona
22/04 16:00 Yaponiya 1-1 Tojikiston
22/04 16:00 Janubiy Koreya 5-5 Qirg‘iziston
22/04 18:00 BAA 1-2 Xitoy
22/04 18:00 Yaponiya 0-1 Janubiy Koreya
22/04 19:00 Eron 4-0 Kuvayt
22/04 19:00 Bahrayn 2-3 Afg‘oniston
22/04 20:30 Saudiya Arabistoni 1-2 Iroq
22/04 20:30 Tailand 0-1 Tojikiston
22/04 21:30 Roma 1-3 Bolonya
22/04 23:45 Milan 1-2 Inter
23/04 00:00 Sevilya 2-1 Malyorka
23/04 20:30 O‘zbekiston - Vyetnam
23/04 20:30 Kuvayt - Malayziya
24/04 00:00 Arsenal - Chelsi
24/04 12:00 Tojikiston - Afg‘oniston
24/04 14:00 Eron - Qirg‘iziston
24/04 16:00 Tailand - Iroq
24/04 19:00 O‘zbekiston - Vyetnam
24/04 22:00 Loryan - PSJ
24/04 23:45 Vulverhempton - Bornmut
25/04 00:00 Kristal Pelas - Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted - Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton - Liverpul
25/04 00:00 Monako - Lill
25/04 00:00 Marsel - Nissa

Shukurov qanday klubga o‘tdi?

Shukurov qanday klubga o‘tdi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurovni o‘z safiga qo‘shib olgan «Fotih Qoragyumryuk» qanday klub?

Bu jamoa haqida nimalarni bilamiz? Qisqacha ma’lumot: «Fotih Qoragyumryuk» yaqin kelajakda o‘zining 100 yillik yubileyini nishonlaydi. Aniqrog‘i, yana 4 yildan keyin. Jamoa deyarli bir asrlik tarixida hech qanday katta sovrin yutmagan, qolaversa, Turkiya chempionati elit divizionida ham bir necha mavsum o‘ynagan, xolos. «Fotih»ning avvalgi mavsum qayd etgan natijasi - Superligada 8-o‘rin.

«Fotih Qoragyumryuk» - sig‘imi 75000ga teng muhtasham «Otaturk» stadionida o‘ynaydigan Istanbul klubi. Otabek Shukurovning yangi jamoa­doshlari qatorida Mogamed Ozdoyev (Rossiya), Ahmad Muso (Nigeriya), Janer Erkin (Turkiya) va Kolin Kazim-Richards (Turkiya|Angliya) kabi mashhur futbolchilar bor. Hammaga ma’lum bo‘lib ulgurgan xabar - «Fotih Qoragyumryuk»ni yangi mavsumda italiyalik «maestro» Andrea Pirlo boshqaradi. Aslida jamoada o‘z stadioni ham, bazasi ham yo‘q. «Fotih» Superligaga chiqishiga qadar atigi 6000 muxlisga mo‘ljallangan «Vefa» arenasidan foydalangan. U uzoq 1421 yili qurilgan va ichimlik suvi saqlanadigan Vizantiya davridagi sardoba - ochiq sisternalardan biri o‘rnida joylashgan (o‘sha payt Konstantinopolda suv manbalari juda kam bo‘lgan). To‘g‘ri, sardobalardan faqat devor qolgan, xolos. «Vefa» stadionidagi o‘yinlarni esa qarama-qarshi tomonda joylashgan uylardan ham bemalol tomosha qilish imkoni bor edi. Darvoqe, bu arena yoritish tizimiga qurilganidan 60 yil o‘tibgina ega bo‘lgan. Qisqasi, «Vefa» Turkiya Superligasi talablariga javob bermaydi, shuning uchun «Fotih Qoragyumryuk» turli stadionlardan foydalanishga majbur. Agar «Otaturk» band bo‘lmasa, shu yerda o‘ynaydi, aks holda, boshqa arenaga ko‘chadi. Raqamlarda aytsak, Shukurovning yangi klubi Superligadagi birinchi mavsumida raqiblarini naq 8ta stadionda qabul qildi.

«Otaturk» - Andrea Pirlo va «Milan» CHL finalida «Liverpul»ga qanday yutqazganiga guvoh stadion. Qolaversa, asosiy yevrokubokning navbatdagi finali ham shu yerda o‘tkaziladi. «Fotih» asosan mamlakatning bosh arenalaridan birida o‘ynasa-da, muxlis yig‘ish masalasida sira maqtanolmaydi. Keng stadion, ammo muxlislar soni bo‘yicha oxirgi natija. Transfermarkt ma’lumotlari bo‘yicha aytsak, klub mavsum-2021|2022 doirasidagi 19ta o‘yinda jami 11421 muxlis to‘pladi. Oddiy aytganda, «Fotih»ning o‘yinlariga o‘rtacha hisobda chamasi 600 nafar muxlis tushgan, xolos. Hattoki, «Fenerbaxche» va «Beshiktosh» kabi superklublarga qarshi uchrashuvlarda ham muxlislar soni 1000 nafardan oshmagan. Faqat «Galatasaroy» bilan bahs bundan mustasno (1442 muxlis). Tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich esa «Malatyaspor»­ga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keldi - bor-yo‘g‘i 134 nafar. Ma’lumot uchun, turk Superligasining o‘tgan mavsumi muxlislar tashrifi bo‘yicha atigi 5ta klubda o‘rtacha ko‘rsatkich 2000dan oshmadi. Shundan 3tasi Istanbul shahri vakili - «Fotih Qoragyumryuk»dan tash­qari, «Istanbul» va «Qo-simposho».

«Fotih Qoragyumryuk» sohibi sobiq yollanma menejer bo‘lib, klubga ega chiqish uchun o‘z mulkini to‘liq sotgan. Jamoaning oxirgi muvaffaqiyatlari aynan klub prezidenti Sulaymon Xurma bilan bog‘liq. U bunga qadar bir qator klublarda menejer rolini bajargan. Xususan, «Qaysarispor»da amalga oshirgan ishlari alohida ajralib turadi. Xurma futbolchilarni manfaatli tarzda sotish asnosida klubga qiyin moliyaviy sharoitda katta yordam berdi. «Qaysarispor» Superligaga chiqqach, muxlislar hattoki, Xurma joylashgan mehmonxonaga borib, unga alohida minnatdorchilik bildirishdi. Umuman, funksioner bu klub bilan CHLga chiqishni ko‘zlagandi. U chempion jamoa shakl­lantirilganini ham bot-bot ta’kidladi, biroq butun mamlakat qarshiligiga uchradi. Har­qalay, Xurma Turkiya futbolida katta klublarning tashqi ta’siri o‘ta kuchli ekanligidan nolib, o‘zini Don Kixotdek his qilayotganini aytgandi. 

Sulaymon Xurma 2018 yili «Fotih Qoragyumryuk» prezidentiga aylandi va klubning ishlari birdan yurishib ketdi. Deylik, kamtarin jamoa atigi 2 yilda Ikkinchi ligadan Superligaga sakradi. To‘g‘ri, har ikki holatda «pley-off» bos­qichi orqali. «Fotih» chamasi 10 yilcha oldin bunday ko‘tarilishni xayoliga ham keltirolmasdi, zero, turk futbolida 5-darajali ligada zo‘rg‘a kun ko‘rardi. Xurmaning «Fotih Qoragyumryuk» uchun katta tavvakkalga qo‘l urgani tahsinga sazovor. Uning o‘zi Hurriyet nashriga bergan intervyusida elitadan klub sotib olishga qurbi yetmagani va «Qoragyumryuk» boshqaruvini qo‘lga olish uchun bor bisotini sotganiyu, o‘z uyini bankka garov sifatida qo‘ygani haqida gapirib bergandi. «Uyim hamon garovda, lekin men uchun mol-mulkdan ko‘ra, iz qoldirish muhimroq», - degandi Xurma o‘tgan yili kuzda. Klub sohibi asosan yosh murabbiylarga tayanadi. Bunga Pirlo tanlovi ham yaqqol dalil. «Maestro» «Yuventus»ni boshqarib, hech narsaga erisholmadi, keyin bir mavsum tanaffus oldi. Italiyalik mutaxassisning aytishicha, u Turkiyada ishlashga rozilik berishidan oldin bir qancha jamoalar bilan muzokara olib borgan, lekin ambisiyalar mos kelgani tufayli «Fotih Qoragyumryuk»ni tanlagan. Umuman, Xurma bunga qadar Superligada faqat 40 yoshdan kichik mutaxassislar bilan hamkorlik qilgandi. Pirlo esa hozir 43 yoshda. Aytgancha, «Fotih»ni qisqa muddat «Fenerbaxche»da 500tadan ortiq o‘yin o‘tkazgan mashhur sobiq golkiper Volkan Demirel (Evropa chempionati bronza medali sohibi) ham boshqardi. 

Avvalgi mavsum jamoa o‘yinidan olingan videolavha butun ijtimoiy tarmoqni qamrab oldi - unda darvozabon Emiliano Vivianoning fevral oyida o‘tkazilgan kubok o‘yinida sovuqdan qanday titragani aks etgandi. O‘yinning o‘zi juda quvnoq bo‘ldi (5:4), ammo futbolchilar rosa qiynalishdi, chunki hammasi «overtaym»ga ko‘chgandi. Viviano uchrashuvdan so‘ng Islandiya, Estoniya va Farer orollarida ham sovuqdan bunchalik azob tortmaganini yashirmagandi. Yana bir voqelik bor, bunisi ancha pozitivroq. 2020 yili «Fotih» o‘yini vaqti maydonga it yugurib tushadi va to‘p bilan o‘ynashga chog‘lanadi. Shunda uni haydashadi, biroq jonivor ozgina chekinadiyu, yana futbolchilar ortidan yugura boshlaydi. Yakunda «Qoragyumryuk» yarim himoyachisi Zeki Yildirim itni muloyimlik bilan ko‘tarib, maydon chetiga chiqarib qo‘ygandi.

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 12.08.2022.
O'qildi: 4620 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.