"Atalanta" yarim himoyachisi Remo Froyler "Nottingem Forrest"ga ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi ingliz klubi sayti.
Avvalroq “Nottingem Forest” yarim himoyachi uchun 9 million yevro va bonuslar to‘lashi xabar qilingandi.
30 yoshli shveysariyalik futbolchi 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Froyler o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.