Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

"Barselona"ning navbatdagi qurboni - Depay. U qaysi jamoaga yo‘l oladi? Variantlarni ko‘rib chiqamiz

"Barselona"ning navbatdagi qurboni - Depay. U qaysi jamoaga yo‘l oladi? Variantlarni ko‘rib chiqamiz

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay yozda "Barselona"ni tark etishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi.

Hech kimga sir emaski, "Barselona" hali ham moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda va o‘zining yulduzli transferlarini e’lon qilish uchun bir nechta futbolchilardan qutulishi kerak. Oxirgi ikki hafta ichida klub moliyaviy dastaklarni faollashtirishga majbur bo‘ldi, ammo ular yetarli emas.

Memfis Depay o‘tgan mavsumda 28 o‘yinda 12 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ammo bu yozda Levandovski klubga kelishi bilan u jamoadagi o‘rnini va 9-raqamni yo‘qotdi. Memfis "Barsa" futbolchisi ekanligini ijtimoiy tarmoqlardagi profilidan o‘chirib tashladi va klubni o‘zgartirishga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmoqda - hozirda uning oldida 3 ta varianti bor.

"Vest Xem"

Football Insider xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchiga "Vest Xem" qiziqish bildirayotgan klublar qatoriga kiradi. "Bolg‘achilar" bu yozda Janluka Skamakka bilan shartnoma imzolash bilan o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirdi va agar ular Depayni klubga olib kela olsalar, ularning hujumi Yevrokuboklarga yo‘llanma uchun kurashda jamoaga APLda qo‘l kelishi tabiiy.

Bu kelishuvga to‘siq bo‘lgan yagona narsa niderlandiyalik futbolchining roziligidir - bu yaxshi sinov bo‘lsa-da, Depay katta klublar taklifini rad etib, londonliklar safiga borib qo‘shilishi amrimahol.

"Yuventus"

Ayni damda 28 yoshli futbolchi uchun kurashda “Yuventus” yetakchilik qilmoqda. Depay "Barselona" bilan shartnomani bekor qilishga rozi bo‘lganidan keyin "Yuve" shartnomani yopadiganga o‘xshaydi. Football Italia ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi o‘tgan haftada "Yuventus" bilan shaxsiy shartnomalar bo‘yicha muzokara olib borgan va uning Italiya klubiga o‘tishi haqidagi xabar yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Manchester Yunayted"

Depayga "MYU"dagi avvalgi faoliyatining muvaffaqiyatsizligi tasodif ekanligini isbotlash uchun yana bir imkon bo‘lishi mumkin. Ammo mankunianliklar joriy mavsuda Chempionlar ligasida ishtirok etmasligi va jamoaning hozirgi holati kuboklar uchun kurashishga imkon bermasligi bu transferni amalga oshishiga asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin. "Qizil iblislar"da hujumchini qaytarishga bo‘lgan qiziqish unchalik kuchli emas, jamoa asosiy e’tiborini Alvaro Morata, Jeymi Vardi yoki Mauro Ikardiga qaratmoqchi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham Depay qaysi jamoada bo‘lmasin asosiy tarkibga kirishga loyiq futbolchi. "Barselona"da esa u hattoki Levandovskidan so‘ng ikkinchi darajali hujumchi ham emas. Depay bu kurashda Obameyangga imkoniyatni boy bergan. Aynan shu sabab u klubini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Depayning kelajagi yaqin haftalarda oydinlashadi. Jahon va o‘zbek futboliga oid eng so‘nggi yangiliklarni esa Stadion.uz bilan o‘qishda davom eting.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:36, 15.08.2022.
O'qildi: 2932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.