Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Antuan Grizmann La Ligadagi 9 oylik golsiz seriyasiga barham berdi (video)

Antuan Grizmann La Ligadagi 9 oylik golsiz seriyasiga barham berdi (video)

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga qarshi o‘yinda (3:0) gol urdi.

Shu tariqa, fransiyalik futbolchi La Ligadagi golsiz seriyasiga barham berdi. Grizmann 2021 yil noyabr oyidan buyon chempionatda gol urmay kelayotgandi.

28 noyabr sanasida Antuan «Kadis» darvozasini ishg‘ol qilgandi, shundan keyin hujumchi ketma-ket 15 ta o‘yinda raqiblar darvozasi tomon yo‘l topa olmadi.

O‘tgan mavsumda 31 yoshli futbolchi La Ligada 26 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta golga mualliflik qilgandi.

Mazkur o‘yinda Alvaro Morata dubl qayd etgan bo‘lsa, Joau Feliks uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:25, 16.08.2022.
O'qildi: 2150 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик