Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Muhammad Saloh yana bir xayriya ishini amalga oshirdi

Muhammad Saloh yana bir xayriya ishini amalga oshirdi

Baho:
+ | -2

“Liverpul” klubining misrlik hujumchisi Muhammad Saloh Misr poytaxti Qohiradagi cherkovni ta’mirlash uchun katta mablag‘ xayriya qilgan. Bu haqda The National gazetasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, hujumchi ibodatxona ta’miri uchun taxminan 3 million Misr junayhi (taxminan 150 ming yevro) o‘tkazgan. Bundan tashqari futbolchi voqea yuzasidan hamdardlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Qohiraning Imbama tumanidagi cherkovda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 41 kishi halok bo‘lgani, o‘nlab kishilar jarohatlangani xabar qilingandi. Yong‘inga kondisionerdagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani aytilgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati tutundan bo‘g‘ilib vafot etgan.

Ma’lumot o‘rnida. Saloh avvalroq Buyuk Britaniyadagi eng ko‘p ehson qiluvchi odamlaridan biri sifatida tan olingan edi. Muhammad Saloh yaqinda "Oltin to‘p" mukofotiga nomzodlardan biri sifatida ko‘rsatildi.

Manba: azon.uz
Kiritildi: 11:00, 17.08.2022.
O'qildi: 3641 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик