Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vadim Abramov: "Hisob o‘yinga mos bo‘ldi"

Vadim Abramov: "Hisob o‘yinga mos bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Dinamo" uchrashuvidan (4:1) so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

- O‘yinni o‘zingiz ko‘rdingiz. Maydonda ikki xil darajadagi jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Statistikamiz ham shunday. Hammadan kam gol urganmiz, hammadan ko‘p o‘tkazib yuborganmiz. Ishlashda davom etamiz.

- Sahob Rashidov bugun zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirdi va gol ham urdi. Nima deb o‘ylaysiz Sahobni asosiy tarkibda maydonga tushirsa bo‘larmidi?

- Bu albatta uning o‘ziga bog‘liq. Bizdagi barcha futbolchilar asosiy tarkibda o‘ynashga munosib. Bizda zaxira o‘rindig‘idagi kuchlar cheklangan. Vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz.

- Jamoangiz darvozabonining o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Darvozabonda ayb yo‘q. Penaltigacha u bir necha vaziyatlarda qutqardi. Ko‘proq savolni himoyachilarga berish kerak. Baxtga qarshi himoyada muammolar bor. Hozirda himoyamizda bu pozisiyada avval o‘ynamagan futbolchilar harakat qilishmoqda.

- Yovanovich qaytsa himoya tartibga kelishi mumkinmi?

- Unda jarohat bor va bu jarohat qachon tiklanishini bilmayman. Yovanovich bilan gaplashib oldik. U harakat qilmoqda. Ammo jarohat baribir o‘z so‘zini aytmoqda. Shu sabab ham bizda nima bo‘lsa shundan kelib chiqib harakat qilamiz.

Manba: "Қизилқум" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:26, 19.08.2022.
O'qildi: 1925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик