Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Alessandro Florensi: «Milan» menga kamchilik ishongan paytda ishondi»

Alessandro Florensi: «Milan» menga kamchilik ishongan paytda ishondi»

Baho:
+ | -

Yaqinda «Milan»ning to‘laqonli futbolchisiga aylangan Alessandro Florensi La Gazzetta dello Sport nashriga intervyu berdi.

- Keling, oddiy savollardan boshlaylik. Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida futbol-tennis bo‘yicha ajoyib o‘yin bo‘lib o‘tdi: Florensi-Tonali, Jiru-Gabbiyaga qarshi. Tasavvur qiling, Tonalini boshqa jamoadoshingizga almashtirish imkoningiz bor, kimni tanlaysiz?

- Hech kimni, men Sandroni qoldiraman. U ham xuddi men kabi raqobat ruhida yashaydi.

— «Milanello»dagi an’anaviy sport turi bilyard haqida-chi?

- Xo‘sh, bu yerda mening munosib raqibim yo‘q. Hammasi juda oson... Mendan keyingisi, ehtimol, Daniel Maldini bo‘lsa kerak. Keyin Tonali va Gabbiya, garchi ular menga Messias bilan o‘ynashni maslahat berishsa-da. Albatta, endi bilyard matosini tortilishiga ham umid qilaman. Ammo bunga jur’atlari yetishmasligini aytishadi, chunki Van Bastenning o‘zi o‘ynagan ekan...

- Jamoadagi eng kamgapi kim?

- Katta ehtimol, bu Messias.

- Eng ko‘p gapiradiganichi?

- Bu yerda bilyarddagi kabi bir xillik: siz mendan ustun kela olmaysiz.

— So‘nggi oylarda ko‘plab shamoadoshlaringiz imidjini o‘zgartirdi. Sizningcha, kimning soch rangi eng kulgili?

- Sarg‘ish sochli Jiruga qarang... U pushtirang Teodan ham xunukroq.

- Maydonda eng tezkori kim?

- Chap qanot. Agar mendan so‘rasangiz, Teo Rafadan ham tezroq.

- Jarima zarbalarini eng yomon ijro etadigan kim?

- Amaldagi ijrochilar orasida Salemakers. Lekin men ham bu borada fenomen emasman...

- Mayli, keling, jamoadagi muhitni muhokama qilaylik. Skudettoning siri aynan shu bo‘lganmi?

- Ha, jamoaning hamjihatligi muhim. Murabbiy bizga shunday dedi: «Muvaffaqiyat insonni o‘zgartiradi». Bu biz bilan sodir bo‘lmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Janob buni juda yaxshi biladi.

- Lekin Skudetto magiyasi saqlanib qolgandir?

- Ha, men buni his qilyapman. Biroq, shu bilan birga bunday ruhiyatni singdirish ham kerak. Aks holda, u o‘chadi.

- «Meni sotib ol, Paolooo» nomli roligingiz ko‘p narsani anglatib turibdi. Nima uchun «Milan» bilan bunday kuchli aloqa paydo bo‘lib qoldi?

- Chunki «Milan» menga juda kamchilik ishongan bir paytda ishondi. Meni allaqachon tanigan Rikki Massaraga alohida rahmat aytishim kerak, lekin Paolo ham yoqdi. Qolaversa, «Milan» oldinroq ham meni qo‘lga kiritishga harakat qilgandi.

- Qachon?

- Boban bosh murabbiyligida, 2020 yilning yanvarida, lekin men ikki kun oldin «Valensiya» taklifini qabul qilgandim. Boban «Boshqa samolyotga o‘tirmoqchimisan?» deb so‘radi. Men esa Massaraga shunday degandim: «Rikki, seni yaxshi ko‘raman, lekin afsuski, so‘z berib ulgurganman. Agar bu sodir bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday bo‘ladi». Va oxir-oqibat, bu sodir bo‘ldi.

- Bukmekerlar «A» seriyada «Yuventus» va «Inter»­ni favorit deb tanlashmoqda. Bu jahlingizni chiqaryaptimi?

- Ular 2021 yilda ham shunday deyishgandi, lekin oxir-oqibat boshqacha bo‘lib chiqdi... Aytaylik, bu meni xafa qilmayapti, faqat kelasi iyun oyida kubokni ular olib qo‘yishsa, shunda ranjishim mumkin.

- «Yuventus» va «Inter». Kim kuchliroq?

- «Inter» xafa bo‘lishini bilsamda, javobim - «Yuventus»: ular kuchliroq bo‘lishdi. Men bilan bir jamoada o‘ynaganlar orasida Di Mariya eng kuchlisi. «Roma»da hali cho‘qqiga chiqmagan paytdagi Salohdan ham yaxshiroq.

- Gap-so‘zga ko‘ra, u yetakchi emas. Shu to‘g‘rimi?

- Kyayer ham ko‘p gapirmaydi, lekin u biror gap aytganda, hamma unga e’tibor beradi.

— Aytgancha, sardor Davide Kalabriya qanday inson?

- Hamma uchun ochiq va barchani tinglaydigan sardor. U o‘z vaqtida gapiradigan muvozanatli inson. Biroq, bu yerda yana ko‘plab sardorlar bor - Ibra, Kyayer, men, shuningdek, Menyan.

- Leau qanchalik kuchli?

- Rafa endi bo‘yidan baland sakrashi kerak, lekin bu bilan uning yetarlicha harakat qilmayapti demoqchi emasman. Boshqa narsa haqida gapiryapman - shunchaki driblingga emas, balki o‘yinda qolish istagi haqida. Unga shu yetishmayapti va bu osonlik bilan tuzatiladi, chunki u boshqa hamma narsaga ega. Men uni Mbappe darajasidagi futbolchi sifatida ko‘raman, faqat bir farq bilan: Kilian hech qachon darvoza oldida xato qilmaydi. Biroq, Rafa allaqachon katta futbolchi. Zo‘r o‘yinchi, unga buni aytmang.

M.PO‘LATOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:28, 19.08.2022.
O'qildi: 1769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.