Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"MYU"ning muammolari shu bilan tugarmikin?

"MYU"ning muammolari shu bilan tugarmikin?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" kuni kecha Madrining "Real" klubidan yarim himoyachi Karlos Kazemironi sotib olganini ma’lum qilgandi. Ushbu xarid "qizil iblislar" uchun jami 70 million yevroga tushadigan bo‘ldi. Bunda 60 million yevro to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 10 millioni yesa bonuslar shaklida to‘lab beriladi. Kazemiro "MYU"ning yozdagi to‘rtinchi xaridiga aylandi. Endilikda braziliyalik futbolchi klubdagi yeng ko‘p maosh oladigan vakillardan biriga aylandi. U bu borada Krishtianu Ronaldu hamda David De Xeadan keyin uchinchi o‘rinni band etdi. Qayd yetilishicha, Kazemironing haftalik maoshi 350 ming funt-sterlingni tashkil etadi. Bu yesa salkam yarim million yevro deganidir.

Besh marta YECHLda g‘olib chiqqan futbolchi "Real"da "MYU"dagi maoshining yarmiga ishlar yedi. Erik ten Xag esa Kazemiroga katta umid bog‘lagan. Albatta, shuncha pul olganidan keyin futbolchi o‘z xizmatini sidqidildan bajarishi va jamoaga maksimum foydali bo‘lishi kerak. Chunki uning yangi jamoasi katta muammolar girdobida qolgan. "Manchester Yunayted" APLning so‘nggi o‘rinida va uni uchinchi turda "Liverpul" bilan bahs kutib turibdi. Shunday bir paytda klub, katta narxga Kazemironi xarid qildi. Ten Xag esa bu ish berishiga ishonadi. Lekin masalaning boshqa tomoni ham mavjud: Kazemiro 30 yoshda. Hozircha, esa "MYU" bu omilga e’tibor qaratayotgani yo‘q. Rahbariyat hozir qanday qilib bo‘lmasin, klubni bu "botqoqlik"dan olib chiqib ketish payida. Bir tomondan transfer to‘g‘ri amalga oshirildi. Chunki 30 yoshlarda ham APLda yuqori darajada harakat qilish mumkin.

Bu haqida "Manchester Yunayted"ning Twitter'dagi muxlisi shunday yozadi: "Kevin De Bryuyne Kazemirodan katta bo‘la turib, "Manchester Siti" bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnom imzoladi. Qaysidir odam fubolchining yoshini aytib, negativ fikr bildirganini eslay olmayman. Ammo shu kabi holat "MYU"da yuz bersa, hamma birdan qo‘zg‘aladi. Tushunmayman, nega bu klubda arzimas narsalar, katta muammoga aylantiriladi?".
"Qizil iblislar" yoz bo‘yi amalga oshirgan transferlari ham tanqid qilinib kelinayotgandi. Bunga, yeng avvalo kam futbolchi sotib olingani sabab bo‘lgan. Jamoa ikki himoyachi (Lisandro Martines, Tirell Malasiya), hamda yarim himoyachi (Kristian Eriksen) xarid qildi. Bu yesa gigant va boz ustiga, xaridlarga muhtoj jamoa uchun yetarli bo‘lmaydi, albatta.


"MYU"ga alam qiladigan voqea ham yuz berdi. Klub qariyb uch oy davomida "Barselona"dan Frenki De Yongni sotib olishga urindi. Ammo futbolchining o‘zi bu taklifga ko‘nmadi. Natijada esa, Kazemiro olib kelindi. Ayni damda De Yong uchun "Chelsi" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Biroq, De Yong haliyam hech qayerga ketmoqchi yemas. Negaki, "Barsa" undan 20 million funt qarz. Bu qarz uzilishi uchun esa vaqt kerak.
"MYU" bosh murabbiyi Erik ten Xag boshqa xaridlarni ham amalga oshirishni o‘ylamoqda. Ular ichida "Napoli" vakili Irving Losano hamda "Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Karraskolar bor.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:43, 20.08.2022.
O'qildi: 3724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.