Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

APL: yozgi transferlar qiymati rekord darajaga yetdi! Yana 10 kun ixtiyorimizda

APL: yozgi transferlar qiymati rekord darajaga yetdi! Yana 10 kun ixtiyorimizda

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi, o‘zining nafaqat saviya, tezlik yoki darajasi, balki pul sarflash borasidagi tengsizligini ham namoyish etdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Britaniya orolidagi elit jamoalar jami, 1,54 milliard funt-sterlingni aynan transferlar uchun ishlatib yuborgan. Eng so‘nggi va eng katta transferni amalga oshirgan klub bu «Manchester Yunayted» bo‘ldi. Jamoa «Real»dan Kazemironi 70 million funtga xarid qilgandi. Shu bilan hammasi bo‘lib, bir yarim milliard funtdan ortiq pul APL jamoalari cho‘ntagidan «chiqib ketdi». Eng qizig‘i esa oyna yopilishiga yana 10 kun bor va ayni damda ko‘proq xaridlarni istayotgan klublar bisyor.

Yuqorida keltirilgan miqdor Angliyadagi yangi rekord sanaladi. Bundan oldingi ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo‘lib, 1,43 milliardga teng edi. Hali o‘n kunlik vaqt borligini hisobga olib, aytish mumkinki, klublar yana ishga kirishishi mumkin.
Endi qaysi klub, qancha sarflaganiga ham biroz to‘xtalib o‘tsak. Bu borada eng katta ulush «Chelsi»ga tegishli bo‘ldi. Klubning yangi egasi Tedd Byoli jami 179,1 million funtni transferlar uchun ajratdi. Xususan, 47,5 million Raxim Sterling uchun, 33 million funt esa Kalidu Kulibaliga sarflandi. Undan keyin esa «Brayton»dan Mark Kukurelya 62 millionga sotib olingandi. «Chelsi» bundan ham katta pul sarflashga yaqin turibdi. Negaki, jamoa Frenki de Yong, Obameyang hamda Fofana kabi jiddiy nishonlarga ega.

Ikkinchi o‘rin, hech kutilmagan jamoa, «Nottingem Forest»ga tegishli. APL debyutanti tarkibni kuchaytirishga jami 140 million funt sarflab ulgurdi. Bu pul yangi 16 ta futbolchi olib kelishga ishlatilgan. Keyingi, uchinchi o‘rinni 112 million funt bilan «Arsenal» band etgan. Londonliklar Gabriel Jezus hamda Oleksandr Zinchenko kabi top-xaridlarni amalga oshirgandi. «Arsenal»dan keyingi pog‘onada ularning qo‘shnisi bo‘lgan «Vest Xem» turibdi. «Bolg‘achilar» ham hujum va himoyaga katta e’tibor qaratgandi. Shu bilan birga, «Liverpul» hamda «Manchester Siti»ni ham alohida ta’kidlash joiz. Xususan, «shaharliklar» birgina Erling Xoland uchun 51 million funtdan kechgandi. «Liverpul» esa Xolandga raqobat qilish uchun Portugaliyadan 85 million funtga Darvin Nunyesni jalb etgan.

Dunyoning eng boy, ayni paytda esa eng katta klubi bo‘lishi kutilayotgan «Nyukasl» bu yozda ancha kamtarona ish qilmoqda. Jamoa shuncha puli bor bo‘lsa ham, 57 million funt sarfladi xolos. Ammo «qarg‘alar»dan hali yangi transferlarni kutish mumkin.
APLning bu yozda eng «baxil» klubi sifatida «Lester Siti»ni aytish mumkin. Negaki, Brenden Rojers rahbariyatdan hali birorta futbolchi sotib olishni so‘ragani yo‘q.
Umuman olganda, APLning 20 ta klubi qolgan kunlar davomida hech bo‘lmaganda, bitta futbolchi sotib olishga ulguradi. Agarda shunday bo‘lsa, bu yozning umumiy harajatlari 2 milliardlik nuqtaga yetishi mumkin.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:00, 21.08.2022.
O'qildi: 3595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик