Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

"Chelsi" "Milan" futbolchisiga qiziqish bildirishni boshladi

"Chelsi" "Milan" futbolchisiga qiziqish bildirishni boshladi

Baho:
+ | -

"Milan" hujumchisi Rafael Leau "Chelsi"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda Football.London nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash tashabbuskori "ko‘klar"ning bosh murabbiyi Tomas Tuxel hisoblanadi. Nemis murabbiyi joriy transfer oynasi yopilgunga qadar Leauni o‘z safiga qo‘shib olishni kutmoqda. Rafaelning transfer narxi 70 mln yevro bo‘lgani uchun inglizlar o‘z futbolchilaridan birini ham shartnomaga qo‘shishni o‘ylamoqda. Londonliklar portugaliyalik futbolchining transferi uchun to‘liq summani to‘lashga tayyor emas.

Leau 2019 yilning yozidan buyon "rossonerlar" tarkibida o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda hujumchi A Seriyaning 34 o‘yinida 11 gol urgan va 10 golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 10:07, 23.08.2022.
O'qildi: 1666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.