Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Liverpul». Klopp jamoasiga nima bo‘ldi?

«Liverpul». Klopp jamoasiga nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Angliyaning bugungi kundagi eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan «Liverpul», yangi mavsum boshida so‘nggi o‘nyillikdagi eng yomon startni namoyish etdi. Yoz davomida transferlar oynasida unchalik ham faol bo‘lmagan klub, hujum uchun o‘ta yirik xaridni amalga oshirdi xolos. O‘tgan yili bir emas, to‘rtta sovrin yutishga juda yaqin kelgan klub, bugun APLda muammolarga duch kelmoqda. Xo‘sh «Liverpul»ga nima bo‘ldi va bu qanchalik jiddiy? Quyida ushbu savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Yarim himoyadagi muammolar

Yurgen Klopp aniq va ravshan qilib aytdiki, jamoa jarohatlardan aziyat chekmoqda. Ushbu muammo yarim himoyada yaqqol ko‘zga tashlandi. «MYU»ga qarshi bahsda «Liverpul» Xenderson, Milner hamda Elliot triosini maydon markaziga qo‘ydi. Avvaldan asosiy tarkib futbolchilari bo‘lib kelgan Nabi Keyta hamda Tiago Alkantaralar jarohat sabab tarkibda emas. Klopp esa aynan mana shu ikkita yo‘qotish ancha qimmatga tushayotganiga ishora qildi. Shunga qaramay, uchinchi turda «Liverpul»ning gol o‘tkazishi, jamoani o‘zgarishiga sabab bo‘lmadi. Shundan keyin Kloppda B reja yo‘qligi ayon bo‘ldi. Aytish mumkinki, yechim sifatida klub yoz oxiriga qadar yangi yarim himoyachi xarid qilishi kerak bo‘ladi.

Tarkibning qariligi

«Liverpul»ga nazar solsangiz, jamoada yoshi katta futbolchilar ko‘p ekaniga guvoh bo‘lasiz. Bu yerda faqat 36 yoshli Milner nazarda tutilmayapti. Umumiy olganda ham tarkib futbolchilarning ko‘pi tajribali, ammo yoshi katta. Masalan, Muhammad Saloh, Virjil van Deyk, Joel Matip, Jordan Xenderson, Roberto Firmino hamda Tiago Alkantaralarning yoshi 30 dan oshgan. Allison Beker esa ularga juda yaqin – 29 yosh. Fabinyo hamda Endryu Robertsonlar 28 yoshda. Shu sababdan (balki) jamoa ortga ketishni boshlagan. Yuqorida sanalgan futbolchilarning ko‘pi o‘z faoliyatining pikidan (cho‘qqisidan) o‘tib bormoqda yoki o‘tib bo‘lgan. Ularni o‘rnini to‘ldirish esa ko‘p vaqtni oladi.

Manening yo‘qligi

O‘rnini qoplash qiyin bo‘lgan futbolchilardan yana biri bu Sadio Mane edi. Senegal terma jamoasi a’zosi «Bavariya»ga ketdi va u yoqda maydonni «yondirish»ni davom ettirmoqda. Ammo u o‘tgan mavsum davomida «Liverpul» libosidagi eng foydali futbolchi bo‘lgandi. Ha, biror futbolchi jamoadan ketishni istasa, uni qo‘yib yuborish adolatdan bo‘ladi, albatta. Buni Yurgen Klopp ham yaxshi tushunadi. Biroq, Manening ketishi katta yo‘qotish bo‘lganiga guvoh bo‘lyapmiz. Chunki aynan u Salohdan farqli o‘laroq «Liverpul» uchun ilk golni urishda katta jonbozlik ko‘rsatardi. Hozir uning o‘rnida Luis Dias bor. Ha, bor, lekin uning Mane kabi yuqori darajada o‘ynashi so‘roq ostida qolmoqda...

Mag‘lubiyatli finallarning ta’siri

O‘tgan mavsumni sovrinlar paradiga aylantirish uchun «Liverpul»da yaxshi imkoniyat bor edi. Ammo unday bo‘lmadi. Jamoa Angliyada kubok va liga kubogiga ega chiqdi. Ammo APLni yutishga kelganda «Manchester Siti» kattaroq daraja ko‘rsatdi. 38 turda «Liverpul» o‘z o‘yinini g‘alaba bilan tugatgandi. Ammo «Manchester Siti» ham bahs so‘ngida «Nyukasl»dan g‘alabani sug‘urib oldi va chempionlikka erishdi. Klopp jamoasiga esa bu uchun atigi bir ochko yetishmadi. Sal o‘tmay, «Liverpul» YECHL finalida ham omadi chopmadi. Jamoa katta ustunlik bilan harakat qilib, yakunda «Real»ga bir gol farqi bilan taslim bo‘ldi. Shu bilan Klopp uchinchi marta yevrokuboklar finalida mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rdi. Ha, mana shunday alamli mag‘lubiyatlar ham futbolchilar ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi. Ayni damda «Liverpul» turnir jadvalining 16 pog‘onasida bo‘lib turibdi. Ko‘ramiz, muammolar yechimi qay yo‘sinda hal qilinarkin...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 12:21, 24.08.2022.
O'qildi: 2904 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.