Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Chempionlar ligasi. Guruh bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Chempionlar ligasi. Guruh bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasida saralash bosqichi yakunlanib, guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha 32ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Bugun esa musobaqaning guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qachon va qayerda?
Qur’a marosimi 25 avgust, payshanba kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkaziladi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Marosimni “Sport” kanali jonli translyasiya qilishi rejalashtirgan.

Kimlar ishtirok etadi?
Guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 26 ta jamoa va saralash bosqichidan o‘tgan 6ta klub qur’ada ishtirok etishadi. UYEFA klublar reytingi asosida jamoalar 4ta savatchaga bo‘lingan. Savatchalar bilan tanishtirib o‘tamiz.

1-SAVAT
"Real" (Ispaniya, YECHLning amaldagi g‘olibi)
"Ayntraxt" (Germaniya, Yevropa ligasining amaldagi g‘olibi)
"Manchester Siti" (Angliya)
"Milan" (Italiya)
"Bavariya" (Germaniya)
"Pari Sen-Jermen" (Fransiya)
"Portu" (Portugaliya)
"Ayaks" (Niderlandiya)

2-SAVAT
"Liverpul" (Angliya)
"Chelsi" (Angliya)
"Barselona" (Ispaniya)
"Yuventus" (Italiya)
"Atletiko" (Ispaniya)
"Sevilya" (Ispaniya)
"Leypsig" (Germaniya)
"Tottenxem" (Angliya)

3-SAVAT
"Borussiya" Dortmund (Germaniya)
"Zalsburg" (Avstriya)
"Shaxter" (Ukraina)
"Inter" (Italiya)
"Napoli" (Italiya)
"Sporting" (Portugaliya)
"Bayer" (Germaniya)
"Olimpik" (Fransiya)

4-SAVAT
"Benfika" (Portugaliya)
"Bryugge" (Belgiya)
"Seltik" (Shotlandiya)
"Makkabi" Xayfa (Isroil)
"Viktoriya" (Chexiya)
"Reynjers" (Shotlandiya)
"Kopengagen" (Daniya)
"Dinamo" Zagreb (Xorvatiya)

Qur’a mexanizmi
1. Bir savatcha vakillari bir guruhdan o‘rin olmaydi.

2. Bir mamlakat jamoalari bir guruhga tushmaydi.

3. Bir davlatning ikkita jamoasi bo‘lsa, ularning o‘yinlarini seshanba va chorshanba kunlariga qo‘yish maqsadida jamoalardan biri dastlabki 4ta guruhdan biriga ("A" - "D"), ikkinchisi qolgan guruhlarga ("E" - "H") joylashtiriladi. To‘rtta jamoa bilan ishtirok etayotgan mamlakat vakillariga nisbatan ham shunday qoida qo‘llaniladi.

4. Boshqa cheklovlar haqida qur’a jarayonida ma’lum qilinadi.

Taqvim
Qur’adan so‘ng musobaqa taqvimi ishlab chiqiladi. Guruh bosqichi 8 hafta ichida o‘tkaziladi. So‘nggi tur o‘yinlari 1 va 2 noyabr kunlari o‘tkaziladi (20 noyabr kuni JCH-2022 boshlanishi sababli). Guruhlarda dastlabki 2ta o‘rinni egallagan jamoalar nimchorak finalga yo‘l oladi. Uchinchi o‘rin egalari o‘z ishtirokini Yevropa ligasida davom ettirishadi.

Sanalar
1-tur: 6/7 sentyabr
2-tur: 13/14 sentyabr
3-tur: 4/5 oktyabr
4-tur: 11/12 oktyabr
5-tur: 25/26 oktyabr
6-tur: 1/2 noyabr
1/8 final qur’asi: 7 noyabr

Final qayerda o‘tadi?
Final uchrashuvi 2023 yilning 10 iyun kuni Istanbuldagi "Otaturk" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu o‘sha 2005 yilda "Liverpul" va "Milan" jamoalari o‘rtasidagi finalga mezbonlik qilgan stadion.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:08, 25.08.2022.
O'qildi: 8515 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.