Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Jaloliddin Masharipov: «Xall Siti»dan ham taklif tushgandi, ammo men «Al-Ahli»ni tanladim»

Jaloliddin Masharipov: «Xall Siti»dan ham taklif tushgandi, ammo men «Al-Ahli»ni tanladim»

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Misrning "Al-Ahli" klubida davom ettirishi haqida xabar berib o‘tgandik. O‘zbekistonlik futbolchi nima uchun qohiraliklar taklifini qabul qilganini aytib o‘tdi.

— "Al-Ahli" bilan muzokara qanday boshlandi?
— "Al-Ahli" klubi direktorlar kengashi a’zosi 18 avgust kuni men bilan bog‘landi va men o‘z jamoasiga taklif qildi. Men esa ushbu taklifga darhol rozilik berdim.

— "Al-Ahli"ga o‘tishga rozi bo‘lishingizga nima sabab bo‘ldi? Yana boshqa takliflar ham bor edimi?
— Birinchidan, arab davlatlaridagi ko‘p narsalarni bilib oldim. Ikkinchidan, "Al-Ahli" klubi muxlislari ajoyib ekanidan xabarim bor. Bundan tashqari, Misr chempionati kuchli hisoblanadi.

Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab al-Ahli" klubidan ham taklif bor edi. Ular meni ortga qaytarishni istashdi. Shuningdek, Angliyaning "Xall Siti" klubidan taklif tushdi. Ammo men Afrikaning eng kuchli chempionatida o‘ynashga qaror qildim.

— Misr va O‘zbekiston terma jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan maslahatlashdingizmi?
— Yo‘q, u bilan gaplashmadim.

— Hozir qayerdasiz? Qachon Qohiraga yo‘l olasiz?
— Hozircha Saudiya Arabistonidaman. "Al-Ahli" bilan shartnoma imzolaganimdan so‘ng Misrga yo‘l olaman.

— "Al-Ahli" bilan qancha muddatga shartnoma imzolaysiz?
— "Al-Ahli" meni bir yilga ijaraga olib, kelasi mavsumda transferimni sotib oladi. Kelishuvning moliyaviy jihatlarini oshkor qilishni istamasdim.

— Ma’lumotlarga qaraganda, siz Saudiya Arabistonida til bilan bog‘liq muammoga duch kelgansiz. Boisi, siz faqat o‘zbek tilida gapirgansiz. Misrda ham shunday qilmoqchimisiz?
— Haqiqatan ham men o‘zbek va rus tillarida gaplashaman. Ingliz tilini ham oz-moz bilaman. Shunga qaramay, o‘ylaymanki, bu borada muammoga duch kelmayman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:40, 25.08.2022.
O'qildi: 6689 marta.
Fikrlar: 116 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик