Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Angliyada futbol boshqacha. Autsayder qanday qilib transfer bozorida shov-shuv ko‘tarmoqda?

Angliyada futbol boshqacha. Autsayder qanday qilib transfer bozorida shov-shuv ko‘tarmoqda?

Baho:
+ | -

 "Nottingem Forest" - Angliyaning eng rang-barang klublaridan biri. Bu klub dunyoning eng qadimgi futbol jamoalari ro‘yxatida 8-o‘rinni egallagan (1865 yilda tashkil etilgan), sovrinlar bo‘yicha esa Buyuk Britaniyaning eng muvaffaqiyatli 10 jamoasidan biri hisoblanadi. Chempionlar ligasining o‘tmishdoshi bo‘lgan chempionatning 2 karra g‘olibi!

 Biz yangi kelganlar uchun "Barselona", "PSJ" va "Bavariya"dan ko‘ra ko‘proq pul to‘ladik.

To‘g‘ri, Brayan Klofning afsonaviy davri uzoq o‘tmishda qolib ketgan va “Nottingem” hamon og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. 23 yil davomida jamoa Premyer-ligada o‘ynamadi - ular Chempionship va hatto mamlakatning uchinchi kuchli divizioni bo‘lgan Birinchi ligada ham o‘ynadi. Ammo 2022 yilning may oyida tarixiy voqea yuz berdi – “Nottingem Forest” pley-off bosqichida Premyer-ligaga qaytish huquqini qo‘lga kiritdi. Va darhol Yevropa transfer bozorida shov-shuv ko‘tardi.

Ayni damda klub 16 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi, ular orasida "Atalanta"dan Remo Froyler va "Manchester Yunayted"da o‘ynagan Jessi Lingard va Din Henderson kabi taniqli o‘yinchilar bor. Transfermarkt hisob-kitoblariga ko‘ra, jami 148 million yevro sarflangan, "Nottingem" esa futbolchi sotishdan atigi 7 million yevro ishlab topgan. Ayniqsa, Morgan Gibbs-Uaytning transferi hayratlanarli bo‘lib, ular yigitcha uchun 30 million yevro to‘lagan va bonuslarni hisobga olsak, bu summa 50 million yevro bo‘lishi mumkin.

Faqatgina "Chelsi" bu yozda Premyer-ligada ko‘proq pul sarfladi va Forestning transfer kampaniyasi naqd pul aylanmasi bo‘yicha "Barselona", "Bavariya", "PSJ" va "Manchester Siti"nikidan ko‘ra ambisiyaliroq edi.

Mantiqiy savol tug‘iladi - 23 yildan beri oliy ligada ishtirok etmayotgan klub uchun bunday byudjet qayerdan keladi? “Nottingem” bunday xarajatlar bilan moliyaviy feyr-pleyni buzib qo‘ymaydimi? Keling, buni ko‘rib chiqamiz.

Nega katta xarajatlar?

Qizig‘i shundaki, Premyer-liganing so‘nggi turida "Nottingem" safida to‘p surgan atigi uch nafar boshlang‘ich futbolchi klubda sakkiz haftadan ko‘proq vaqt o‘tkazdi. Bir so‘z bilan aytganda, klub oliy divizionga chiqqanidan so‘ng tarkibni jiddiy o‘zgartirdi, ko‘tarilishga erishgan jamoani deyarli butunlay o‘zgartirdi.

Bu ko‘plab yuqori darajadagi klublar uchun odatiy amaliyotdir. Ammo Angliyada Premyer-ligaga chiqqan jamoalar tarkibni kuchaytirish uchun yaxshigina pul sarflay oladi. Masalan, “Fulxem” 2018 yilda qaytganidan keyingi birinchi mavsumda transferlar uchun 116,5 million yevro, “Brayton” bir vaqtning o‘zida – 87 million, “Aston Villa” bir yildan so‘ng – 160 million yevro sarfladi.

Bu summa jamoani Premyer-liga darajasida ushlab qolish uchun sarflangan mablag‘dir. Va natijada  reklama va teleko‘rsatuvlarga bo‘lgan huquqlardan olingan daromad hammasini qoplay oladi. Uning ustiga, Premyer-ligadagi har bir qo‘shimcha mavsum jamoa o‘yinchilariga gigantlarning e’tibor qaratishlari va ular uchun jiddiy pul taklif qilishlari ehtimolini oshiradi.

“Nottingem Forest”ga kelsak, klub bir vaqtning o‘zida ko‘plab transferlarga sarmoya kiritishga qaror qildi. Bundan tashqari, Premyer-liga jamoalari ushbu mavsumda har bir o‘yinda beshta almashtirishdan foydalanishlari va zaxira o‘rindig‘ida to‘qqiz nafar futbolchiga ega bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun kompozisiyada nafaqat asosiy tarkib balki zahira ham kuchli bo‘lishi kerak.

Bunday katta pul qayerdan keladi?

Klubni Gresiyaning yuk tashish magnati va “Nottingem”dagi asosiy aksiyador Evangelos Marinakis moliyalashtirdi. U o‘tgan mavsum transferlar uchun bor-yo‘g‘i 7 mln yevro sarfladi, bu yozda sarflangan mablag‘dan katta farq qiladi. Deloitte analitik kompaniyasi tomonidan 150 million yevro “Nottingem” 2022-23-yillarda televizor huquqlarini sotish uchun oladigan taxminiy miqdor deb baholamoqda.

"Biz eng yuqori saviyada raqobatlasha oladigan jamoani yaratishga intilamiz, janob Marinakisning majburiyati hammaga ayon," deydi Nottingem rahbari Nikolas, "U namunali klub egasi bo‘lgan va bizni har doim kerakli resurslar bilan qo‘llab-quvvatlagan.

Xulosa qilib aytganda, Marinakis jamoaning Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qolishi hisobiga xarajatlar qoplanishiga umid qilib, shaxsiy pullarini transferlarga sarflamoqda. Ammo quyi ligaga tushib ketgan taqdirda ham nohushlik yuz bermaydi - "Nottingem Forest" Premyer-ligada qatnashayotgani uchun taxminan 202 million yevro oladi. Bu summaga AFF tomonidan beriladigan bonus, teleko‘rsatuv huquqidan tushgan daromad va Premyer-liga qoidalarida ko‘rsatilgan moliyaviy parashyut(jamoalar APLdan quyi ligaga tushib ketganda beriladigan pul) kiradi. Premyer-ligada qatnashish imkoniyati ikki yil saqlanib qolsa, bu summa 357 millionga oshadi. Bu pul ham maosh fondiga, ham akademiya kabi uchinchi tomon loyihalarini rivojlantirishga yo‘naltirilishi aniq. Bu pul televideniyeda Premyer-ligaga bo‘lgan katta talabni aks ettiradi. Teleradiokompaniyalar chempionatni translyasiya qilish huquqi uchun katta pul to‘laydilar, shuning uchun klublar katta daromad olishadi.

Angliyada hamon “Nottingem”ning jamoa qurishga dadil yondashuvini tanqid qilishmoqda - axir, jiddiy ravishda oshirilgan maosh fondini (bir Lingard yiliga 7 million yevro oladi) hisobga olsak, klub moliyaviy feyr-pleyga moslasha olishiga hech kim kafolat bermaydi. Biroq, Nottingem ko‘tara oladigan bir nechta boshqa vositalar mavjud.

Misol uchun, FFP qoidalariga ko‘ra, Premyer-liga klublariga uch yil davomida 125 million yevro zarar ko‘rishga ruxsat berilgan - asosiysi, uch yillik hisobotlarni taqdim etish vaqtida salbiy balansni ko‘rsatmaslik. Shuning uchun ham ko‘pchilik Premyer-ligaga chiqqanidan so‘ng birinchi yilida juda ko‘p mablag‘ sarflashadi va keyinchalik xarajatlarni asta-sekin qisqartiradilar. Shu bilan birga, hujjatlarni topshirishda infratuzilma va akademiya xarajatlarini kiritmaslikka ruxsat etiladi.

Klublar, shuningdek, FFP qoidalariga ko‘ra, KOVID-19 pandemiyasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarni istisno qilish huquqiga ega. “Nottingem”ning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu miqdor 2019-2021 yillarda taxminan 20 million yevroni tashkil qilgan. Qolaversa, “Nottingem”ni o‘yin va mashg‘ulot liboslari bilan ta’minlaydigan yangi homiy bilan foydali shartnoma imzolash orqali qo‘shimcha mablag‘ yig‘ish rejalashtirilgan. Ayni damda muzokaralar olib borilmoqda.

Va yana bir tafsilot - bu yozda imzolangan transferlar uchun to‘lovlarning aksariyati “Nottingem Forest” tomonidan bir necha yil davomida to‘lanadi, bu ham byudjetga yukni kamaytiradi. Misol uchun, Neko Uilyams uchun 20 million keyingi to‘rt yil davomida "Liverpul"ga to‘lanadi - har mavsumda 5 million. Premyer-liga standartlari bo‘yicha unchalik jiddiy xarajat emas.

Ingliz futboli Yevropa futbolidan biroz boshqacha moliyaviy haqiqatda yashaydi. Oliy liganing ommaviy axborot vositalari targ‘iboti tufayli mahalliy klublar televideniye huquqi orqali katta daromad olishadi. Ammo katta daromadlar, o‘z navbatida, ichki bozorni haddan tashqari qizitib yuboradi. Bunday holda APL nima uchun boshqa chempionatlardan qiziq ekanligining sababini bilish qiyin emas. La Ligada moliyaviy feyr-pleydan qiynalayotgan jamoa bu borada “Nottingem”ga havas qilsa bo‘ladi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:12, 26.08.2022.
O'qildi: 3863 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.