Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zaxa "Manchester Siti"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

Zaxa "Manchester Siti"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Kristal Pelas" shanba kuni APLning 4-turi doirasida o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. "Burgutlar" hujumchisi Uilfrid Zaxa jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi, bu Patrik Viyeyra jamoasi uchun jiddiy zarba bo‘ladi.

The Athletic xabariga ko‘ra, "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda Zaxaning oyog‘ida muammo paydo bo‘lgan. Ushbu haftada hujumchi Angliya liga kubogi doirasidagi "Oksford Yunayted"ga qarshi o‘yinda jamoa tarkibiga kiritilmadi.

Uilfrid Zaxa Premyer-liganing so‘nggi uchta o‘yinida uchta gol urdi. Kot-d'Ivuarlik futbolchi "Liverpul"ga gol urdi va "Aston Villa"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.

Kiritildi: 01:30, 27.08.2022.
O'qildi: 1646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.