Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

«Bizda hali jamoaviy o‘yin yo‘q». Vadim Abramov «Dinamo»ning vaziyati, Shohrux Abdurahmonov, penaltilar va taktikani o‘zgartirish haqida

«Bizda hali jamoaviy o‘yin yo‘q». Vadim Abramov «Dinamo»ning vaziyati, Shohrux Abdurahmonov, penaltilar va taktikani o‘zgartirish haqida

Baho:
+ | -

Superliga 17-turi doirasidagi «Dinamo» - «Bunyodkor» (1:2) o‘yinidan keyin dastlab Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Nima ham derdim, yomon o‘ynayapmiz, shu bois natijalarimiz ham yaxshi emas. Birinchi bo‘limni juda ham yomon o‘tkazdik, shunga qaramay gol kiritib, hisobda oldinga chiqdik. Ikkinchi bo‘limda esa yo‘q joydan gol o‘tkazayapmiz. Agar yaratilgan vaziyatlarimizdan foydalana olganimizda, ehtimol o‘yin boshqacha kechardi. Hozirgi vaziyatda o‘yin jihatdan ham yomon ko‘rinayapmiz.

- Ikkinchi bo‘lim ko‘rsatdiki, «Dinamo» jismonan yomon ahvolda. Bu fikrga qo‘shilasizmi yoki bizga shunday ko‘rindimi?
- Shubhasiz, fikringizga qo‘shilaman. Shu sababli ham biz so‘nggi o‘rindamiz. Statistikani alday olmaysan. Hammadan kam gol kiritib, hammadan ko‘p gol o‘tkazib yuborganmiz.

Jamoada uchinchi o‘yinimni o‘tkazyapman va uchinchi o‘yindirki darvozamiz tomon penalti qo‘yilmoqda. Vaziyatlarda o‘zimizga ishonmay, xatolarga yo‘l qo‘yib, jarima maydoni ichida o‘yin qoidasini buzayapmiz va o‘z darvozamizga penalti olib kelyapmiz.

- Jamoada ish boshlashdan avval vaziyatni tahlil qilgansiz, qanday tavakkalga qo‘l urayotganingizni bilgansiz. Buyog‘iga hozirgi vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?
- Buni vaqt ko‘rsatadi. Jamoani ligada olib qolish imkoniyati paydo bo‘lishi uchun kamida 5ta o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Ammo biz qo‘l ostimdagi dastlabki uch o‘yinda mag‘lub bo‘ldik. Oldinda 9ta o‘yin qoldi. Hozircha oldinda yorug‘lik ko‘rinmayapti, ko‘ramiz.

- Bugun gol muallifiga aylangan Shohrux Abdurahmonovning o‘yinini qanday baholaysiz?
- Shohrux – umidli futbolchi, ammo unutmaslik lozimki har bir futbolchi ham jamoaviy o‘yindan kelib chiqib, o‘ynaydi. Faqat bir kishi maydonda jang qila olmaydi. Bizda hali jamoaviy o‘yin yo‘q. Afsuski, yigitlar maydonda katta hajmdagi ishni bajarishmoqda, ammo yugurish shart bo‘lmagan, shunchaki aql bilan ish ko‘rish lozim bo‘lgan joyda bunday qila olishmayapti. Shunga achinaman. To‘pni olgach ham, maydonda ochilib, bir-birimizga yordam bermayapmiz. Futbol bunday o‘ynalmaydi, axir.

- «Dinamo» qo‘l ostingizdagi 3ta o‘yinda ham maydonda birinchi raqamli jamoa bo‘lib o‘ynashga intildi, hattoki «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsda ham. Odatiy taktikangizga qarshi borib, himoyadan o‘ynash haqida o‘ylamayapsizmi?
- Albatta, himoyadan ham o‘ynash mumkin, agar sizda himoyachilar yetarlicha bo‘lsa. Ammo bizda kimlar himoyada o‘ynayotganiga qarang. Mana bugun ham 1:0 hisobida oldinda borayotganda, oldinga yuguring deganimiz yo‘q, aksincha himoyadan o‘ynab, qarshi hujumda o‘ynash talab etilgandi. Mana, himoyadan o‘ynashga qaror qildik va 5 daqiqa ichida ikkita gol o‘tkazib yubordik. Bu nimadan dalolat? Ko‘ramiz, oldinda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 03:45, 29.08.2022.
O'qildi: 1324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.