Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Xerardo Seoane: «Bizda hamma borini beradi»

Xerardo Seoane: «Bizda hamma borini beradi»

Baho:
+ | -

«Dorishunoslar» (Leverkuzenning «Bayer» klubi laqabi) yangi mavsumni juda omadsiz boshlashdi - ikki o‘yin ikki minimal hisobli mag‘lubiyat. Lekin Xerardo Seoane jamoasi «Bay-Arena»da yuqori faollik bilan ishlamoqda, murabbiy Bundesliganing keyingi o‘yinlaridan umidvor. Umuman, Seoane chempionat startidan oldin o‘z shogirdlariga ishonishi, jamoa ichida muhit yaxshi ekanligini alohida ta’kidlagandi.

- Sardor Azmun bu yil yetakchilikni qo‘lga oladimi? Uning kuchli tomonlari haqida nima deya olasiz...

- Albatta, Azmunni zaxira o‘rindig‘ida ushlab turishni istamaymiz, lekin har doim raqiblar tomonidan taqdim etiladigan kurash nyuanslariga ham qarashimiz kerak. Deylik, Dortmunddagi ilk o‘yinda birinchi navbatda, maydonda bo‘shliq qoldirmaslikka intildik. Qisqasi, hujumkor uslubning tanlanishi raqibga bog‘liq. Albatta, Sardor mavsumni yaxshi o‘tkazishimizga hissa qo‘shadigan darajada tajribali yigit. Avvalgi mavsum unga jismoniy saviya maslasida nimadir yetishmagandi, «Dortmund»ga qarshi o‘yinning ikkinchi yarmida esa pozision harakatlarda qanday samara berishini ko‘rdik. Qisqasi, Azmun hujum yetakchisi, ayniqsa, jarima maydoni ichida xavfli, yana havoda kurashuvchan va yugurishni ham yaxshi biladi. U shuningdek, Patrik Shikni «o‘yinga olib kirish»ga ham qodir.

- Darvozabon Andrey Lunevdan nimalar kutyapsiz?

- Andreyning salohiyati va tajribasini nazarda tutib, aytishim  mumkinki, moslashish uchun ko‘p vaqt sarflamaydi. Lunev oyoq bilan o‘ynashda ham chakki emas, demak, boshqalar bunga tayyor turishlari kerak. Muhimi, darvozabon o‘zini yaxshi his qilmoqda, faqat undan nima kutayotganimizni teran tushunsa, bas. Ishonchim komil, Andrey yaxshi o‘yin namoyish etadi.

- Rejada potensial transferlar ham bormi?

- Hozirda tarkibda 29 nafar futbolchi, jumladan, 3 nafar darvozabon. Men uchun eng muhimi, ularning ishga munosabatlari. Futbolda hammasini aniq rejaga solish imkonsiz, lekin murabbiy sifatida yaxlit tizim yaratishni istayman, bu yo‘lda yigitlar bilan baravar ter to‘kaman. Guruh ichida energiya chaqnashi zarur, oddiy aytganda, har bir futbolchi borini berishi, o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyatga ega bo‘lishini bilishi muhim. Quvontirayotgan tomoni, bizda borini berib o‘ynamaydigan futbolchi yo‘q. 

- Jamoa ichida qanday muloqot ruhi hukmron?

- Menimcha, klubning har bir vakili muloqot bobida oldinga qadam tashlashi mumkin. Bu masalada ham ancha ishladik, sog‘lom muhitni targ‘ib qildik. Birinchi navbatda, yosh futbolchilarga o‘yin payti o‘zlarini ovoz bilan ham ifodalashlari muhimligini anglatmoqmiz. Albatta, hammasi xarakterga bog‘liq, yigitlar shaxsiyati turlicha, lekin har doim ochiq muloqotga kirishish mumkin. Har holda, futbolchilardan o‘z fikrlarini aytish huquqini tortib olmoqchi emasmiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 29.08.2022.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.