Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Legionerlarimizda nima gaplar?

Legionerlarimizda nima gaplar?

Baho:
+ | -

S.Arabistoni. Butun hafta davomida Jaloliddin Masharipovning «Al-Nasr»dan» Misrning «Al-Ahli» klubiga o‘tishi haqidagi xabarlar keti uzilmadi.

Lekin ko‘rinishidan, hamyurtimiz amaldagi shartnomasi yakuniga qadar Ar-Riyod klubida qolishga qaror qildi. «Al-Nasr» esa Saudiya chempionati 1-turida «Al-Vahda» bilan o‘ynab, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Masharipov Ispaniya yig‘inida orttirilgan bel jarohati tufayli bu uchrashuvda maydonga tushmadi. Uning O‘zbekiston milliy jamoasining Kamerun va Kosta-Rika termalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashishi ham so‘roq ostida. Aytish joiz, 28 yoshli legionerimizning «Al-Nasr» bilan xayrlashgani va Qohira klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzishi aytilgandi. Hattoki, misrliklar bir yillik ijara uchun saudiyaliklarga 600 ming dollar to‘lashlari, kelasi mavsum esa uning transferini 2 millionga sotib olishlari ma’lum qilingandi. Qolaversa, Masharipovning yillik maoshi 1,5 million dollarni tashkil etishi haqida ham xabar berilgandi. Jaloliddinning aytishicha, u BAAning «Shabab Al-Ahli» va Angliyaning «Xall Siti» klublaridan ham taklif olgan ekan.

Rossiya. «Torpedo» RPL 7-turida «Krasnodar»ni qabul qilib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Moskva klubidagi hamyurtimiz Hojimat Erkinov ushbu omadsiz uchrashuvningn 70-daqiqasigacha maydonda to‘p surdi. Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning jamoasi - «Pari NN» esa «Dinamo» bilan o‘yinda 0:2 hisobida yutqaza turib, yakunda «kambek»ka erishdi - 2:2. Hamyurtimiz bu safar boshlan­g‘ich tarkibda maydonga tushdi va tanaffusda o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. 

Eron. «Persepolis» bilan xayrlashgan Sherzod Temirov forslar yurtida qoladigan bo‘ldi. 23 yoshli hujumchimiz «Paykon» bilan rasman shartnoma tuzdi.

Italiya. «Bolonya» hamon «Roma»da amaliyotsiz qolayotgan Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishdan umidvor. Calciomercato nashri xabariga qaraganda, bolonyaliklar yaqinda «Bavariya» vakili Joshua Zirkzee bilan shartnoma tuzgan bo‘lsalarda, hamyurtimiz transferidan hali voz kechishmagan. «Roma»ga kelsak, jamoa «A» seriya 3-turidan o‘rin olgan «Yuventus»ga qarshi safar uchrashuvini Shomurodovsiz o‘tkazib, ortga 1:1 hisobi va 1 ochko bilan qaytdi. Ayt­gancha, Eldorga «Salernitana» ham befarq emas. Qolaversa, «Trabzonspor» ham hamyurtimiz atrofidagi voqealarni kuzatmoqda. 

TurkiyaOtabek Shukurov «Fotih Qoragyumryuk» bilan ilk g‘alabani nishonladi. Andrea Pirlo shogirdlari «Anqaragyujyu» (Superliga 4-turi)ni 4:1 hisobida dog‘da qoldirgan bahsda legionerimiz to‘liq vaqt to‘p surib, yakunda sariq kartochka ham oldi. 

Belarus. «Energetik-BGU» Oliy liga 19-turida o‘z maydonida «Dinamo-Brest» bilan o‘ynab, raqib darvozasiga yo‘l topolmadi. Jumladan, «talabalar» to‘purari Bobur Abduxoliqovning 90 daqiqalik urinishlari zoye ketdi.  «Energetik-BGU»dagi yana bir vakilimiz Abduqodir Husanov esa 0:0 hisobida tugagan o‘yinda ko‘rinish bergani yo‘q.

Qozog‘iston. Sports.kz xabariga ko‘ra, «Tobol» hujumchisi Igor Sergeev Moskvaning «Torpedo» klubi e’tiborida turibdi. Agar transfer amalga oshsa, 29 yoshli legionerimiz Hojimat Erkinovning klubdoshiga aylanadi.

Qatar. «Umm Salal» Yulduzlar ligasi 4-turiga kelib, mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonladi. Jamoa Sardor Rashidov 75 daqiqa to‘p surgan bahsda «Al-Sayliya»ni yagona gol evaziga dog‘da qoldirdi. «Al-Sadd» - «Al-Garafa» to‘qnashuvida esa mehmonlar 2:1 hisobida ustun kelishdi. Islom To‘xtaxo‘jayev bu g‘alabaga to‘liq vaqt davomidagi faolligi bilan hissa qo‘shdi. U o‘yin bayonnomasiga ham kirdi, faqat sariq kartochka tufayli.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:20, 30.08.2022.
O'qildi: 2395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.