Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Diyor Imomxo‘jayev: "VARni yo‘qotish haqida emas, uni takomillashtirish haqida o‘ylashimiz kerak"

Diyor Imomxo‘jayev: "VARni yo‘qotish haqida emas, uni takomillashtirish haqida o‘ylashimiz kerak"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

PFL bosh direktori VAR haqidagi masalaga yana to‘xtalib o‘tdi. 

"Chorak finaldan o‘rin olgan 4 ta bellashuvdan 3 tasida hakamlikka e’tiroz bor. Andijon va Lokomotiv klublari nisbatan ko‘proq zarar ko‘rishdi. Agar mazkur o‘yinlarda VAR ishlaganida, vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Biz VARni yo‘qotish haqida emas, uni takomillashtirish haqida o‘ylashimiz kerak. O‘zbekistonlik hakamlar VARni uzoq ko‘rayotganiga sabab ularning uquvsizligi emas, bizda sifatli takroriy lavhalar yo‘q, texnika yetarli emas.

VAR bizda ilk bor 2020 yilgi kubok finalida ishlagandi (Namanganda AGMK va Paxtakor o‘ynagan). 2022 yilgi kubokda faqatgina ½ finaldan boshlab VAR ishlashi uchun ruxsat olingan (nega shunday ekanligi bizga qorong‘u). Bilganim shuki, Superliga o‘yinlari va kubokdagi VAR uchun yillik lisenziya tahminan 50 ming dollar atrofida bo‘ladi va bu pulni 2022 yil uchun O‘zPFL to‘lab bergan.

Agar bizda stadionning qarama-qarshi tomonidan turib ishlaydigan 4 tadan kamera bo‘lsa, muammolar yechimi nisbatan osonlashgan bo‘lardi. Buning uchun bizga kamida 12 ta shunday kamera kerak bo‘ladi. Bizningcha, qaysidir jamoalar ne za chto zarar ko‘rganidan ko‘ra, yuqoridagi masalaga yechim izlash to‘g‘ri yo‘l", — deydi Imomxo‘jayev.

Kiritildi: 00:02, 04.09.2022.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик