"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Antoni Marsyalning holati haqida gapirdi.
“U hali ham tarkibda chetda. U hali da’volanmoqda, ammo u jamoa mashg‘ulotlariga yoki o‘yinga qaytishga tayyor emas", - dedi Ten Xag klub matbuot xizmatiga.
26 yoshli fransiyalik futbolchi jarohat olgan va hali maydonga qaytish sanasi noma’lum.
Joriy mavsumda hujumchi "Liverpul"ga qarshi o‘yinda (2:1) 1 taym o‘tkazdi. 45-daqiqada Marsyal golli uzatmani amalga oshirdi.