Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 18:00 Polsha - Niderlandiya
16/06 20:00 So‘g‘diyona 1-0 Nasaf
16/06 20:00 Paxtakor 0-0 Navbahor
16/06 21:00 Sloveniya 1-1 Daniya
16/06 23:59 Serbiya - Angliya
17/06 18:00 Ruminiya - Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik - OKMK
17/06 21:00 Belgiya - Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya - Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

Potter “CHelsi”da ish boshlashi kutilmoqda. U London klubiga mos tushadimi?

Potter “CHelsi”da ish boshlashi kutilmoqda. U London klubiga mos tushadimi?

Baho:
+ | -

  Grem Potter – unchalik katta nom emas. Ingliz futbolida ham u mashxurlik cho‘qqisini zabt etgan murabbiy hisoblanmaydi. Shunchaki o‘yin jarayonida uning farqlanib turadigan “imzo”si yo‘qdek go‘yo. Potterning eng yaxshi davri hozir “Brayton”da bo‘lmoqda. Uning jamoasini o‘sha chiroyli futbolni natijadan ustunroq ko‘radigan “Borussiya Dortmund”ning kuchsizroq varianti deyishimiz mumkin. Balki “Chelsi” undan bo‘lajak Kloppni kashf qilmoqchidir? Lekin Aristokratlar bir murabbiyni uzoq vaqt jamoada olib qolishi ertakka aylanib qolgan. Ho‘sh, Potter o‘zi qanday uslubdagi murabbiy va u “Chelsi”ga nimalar bera oladi.

O‘xshash himoya

Potter “Brayton”da ochiq o‘yin ko‘rsatishi bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan. 47 yoshli mutaxassis odatda chuqur himoyalanishni yomon ko‘radi. Shu sabab tufayli u “Brayton”da asosan    3-2-4-1 taktikasida o‘ynagan. Uslub jihatidan Potter “Chelsi”da yana shunday taktikada o‘ynashda davom eta oladi. Tajribali Tiyago Silva “svipper” pozisiyasida o‘ynay olishini isbotlagan. Yani braziliyalik himoyaning eng markazida o‘ynab, jamoani nazorat qila oladi. Bunday holda ko‘proq yugirish va to‘p uchun kurashish Foffana hamda Kulibali chekiga tushadi. Turli o‘yinlarda Aspilikueta ham ularni almashtirishi mumkin. Potterning Tuxeldan farqli tomoni u loterallardan to‘liq oldinroqda foydalanishni istaydi. Kukurelya Grem bilan avvaldan ishlagan bo‘lsa, Ris Jeyms esa qanchalik oldinroqda o‘ynasa shunchalik foydali harakatlarni amalga oshiradi. Aynan Aspilikuetaning qolishi, Foffana va Kukuning transferi jamoa loterallarga tayanishini bildirar edi. Tuxel esa 4talik himoyachi bilan o‘ynashni istagani tufayli ham jamoadan ketgan bo‘lishi mumkin.

Markaz – o‘yinning asosi

Xozirgi kunda tayanch yarim himoya futboldagi eng kerakli pozisiya bo‘lib qolgan desak ham bo‘ladi. Potter ham tayanch pozisiya tufayli huddi maydonda ko‘proq futbolchi bilan o‘ynaydigandek ko‘rinishni istaydi. O‘tgan mavsum “Brayton” yetakchisi bo‘lgan Bissuma aynan Gremning o‘yiniga to‘liq mos tushgan edi. Chukuvameka transferining amalga oshirilishi esa, “Chelsi” avvaldan Potter bilan aloqaga chiqqanini bildirishi mumkin. Gremga haddan tshqari ko‘p yuguradigan markaz kerak. Bunday holatda Jorjinyo asos qilib olinsa, u sal oldinroqqa chiqishga majbur bo‘ladi. Chukuvameka va  Kante yoki Kalleher juftligi himoya va hujum orasidagi ko‘prik vazifasini bajarishi va kerak payti raqibga tinimsiz bosim qilishi kerak bo‘ladi. “Chelsi” markazida variantivlik ko‘proq. Jorjinyo kabi ijrochilar esa markazdan oldinroqda o‘ynaydi. Yoki Potter uni rejalaridan chiqarib yuboradi.

Sof hujumchi - asosiy futbolchi emas  

“Brayton”ning gollar statistikasini ko‘rsangiz, jamoaning asosiy hujumsi Uelbek deb o‘ylamaysiz. Ammo shunday Denni Uelbek Potterning ishongan hujumchisi. Ammo u goleador emas. Potterda jamoaning asosiy yetakchisi hujumchiga yordam beruvchi, maydonda erkin harakatlanuvchi futbolchi sanaladi. “Chelsi”da bunaqa nomlar juda ko‘p. Xavers, Pulishich, Sterling va Maunt sanasa sanog‘i yoq. Mauntdan Jorjinyo o‘ynashi kutilayotgan pozisiya, yani markazdan oldinroqda o‘ynovchi yarim himoyachi pozisiyasida ham ko‘rishimiz mumkin. Bunda jamoa yana ham qiziqarliroq ko‘rinadi. Qanchalik g‘alati eshitilmasin, Sterling va Pulishich, loterallarga raqobatchi bo‘lishi ham mumkin. Negaki, Potter qanot vingerlaridan ham loteral sifatida ko‘p foydalanadi. Bunday holda markazga ko‘proq yuklama tushadi. Xavers esa bunday holda faqatgina maydonda erkin harakat qiluvchi rolida qolishi ham mumkin. Huddi “Brayton”dagi Gros yoki Trossard singari. Ular ko‘p bor joyini almashtirishadi. Hujum esa katta ehtimol Obameyangga ishonib topshirilsa kerak. Menimcha, Todd Boeliga loterallardan foydalaniladigan o‘yin yoqib qolgan bo‘lsa kerak.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:39, 08.09.2022.
O'qildi: 2065 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.