Madridning "Real" klubi himoyachisi Eder Militao jamoaning yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Ispaniyalik jurnalist Melchor Ruis xabariga ko‘ra, himoyachida kichik muammolar yuzaga kelgan. U navbatdagi ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborishi va Madrid derbisida safga qaytishi kutilmoqda.
24 yoshli braziliyalik joriy mavsumda La Liganing 3 ta bahsida ishtirok etgan. Uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.













