Neymar mavsum avvalini fantastik tarzda o‘tkazmoqda.
"PSJ"ning 30 yoshli braziliyalik hujumchisi Lionel Messining uzatmasidan so‘ng Liga 1 7-turi doirasidagi o‘yinda (1:0) Brest darvozasini ishg‘ol qildi.
Neymar joriy mavsumda klub safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Neymar Fransiya chempionatida gollar (8) bo‘yicha peshqadam. Assistlar bo‘yicha esa Messidan keyin ikkinchi o‘rinda (6).