Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ouen: «Ronaldu O‘zbekiston bilan o‘yinda xet-trik qayd etsa, hayron qolmayman»

Ouen: «Ronaldu O‘zbekiston bilan o‘yinda xet-trik qayd etsa, hayron qolmayman»

Baho:
+ | -1

Angliyalik sobiq hujumchi Maykl Ouen Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning jahon chempionatidagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

41 yoshli futbolchi guruh bosqichining 1:1 hisobida yakunlangan DR Kongoga qarshi birinchi tur uchrashuvida gol ura olmadi.

«Albatta, Messining xuddi shundan sal oldin xet-trik qayd etgani unga yordam bermadi, ammo men tanqidlarga qo‘shilmayman. Krishtianu doimo shunday bo‘lmaganmi? Ayniqsa, so‘nggi yillarda. U hech qachon jamoaviy o‘yinga faol jalb qilinmagan, ammo muhim pallada hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin edi. Ronaldu gol urmaganida hamma narsada uni ayblash juda oson. Ammo u keyingi o‘yinning o‘zidayoq tanqidchilarning og‘zini necha marta yumgan? Agar u O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinda xet-trik bilan javob qaytarsa, hayron qolmayman», — deya Ouenning so‘zlarini keltiradi Goal.

Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00'da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:29, 22.06.2026.
O'qildi: 2961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик