Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Andrea Belotti: «Roma»ga hamisha ustuvor variant sifatida qaraganman»

Andrea Belotti: «Roma»ga hamisha ustuvor variant sifatida qaraganman»

Baho:
+ | -

Italiyalik mohir hujumchi Andrea Belotti «Torino»dagi uzoq yillik samarali faoliyatidan so‘ng nihoyat, kuchli klub safiga qo‘shildi.

U ancha cho‘zilgan yozgi taxmin va bashoratlarni oqlab, «Roma» bilan shartnoma tuzdi va 11-raqamli libosni oldi. Xo‘sh, Andrea Italiya poytaxtida qanday sarguzashtlarni kutmoqda.

- Andrea, Rimga xush kelibsan. «Roma»ga o‘tishda rosa ikkilanding chog‘i...

- Yo‘q, yangi sinovga tayyorman, faqat ozgina hayajon bor. Endi tezroq yangi murabbiy va futbolchilar bilan ishga kirishib, o‘zimni ko‘rsata boshlasam, bas.

- Oxirgi oylarda ko‘plab klublardan takliflar olding va yakunda «Roma»ni tanlading. Buni qanday izohlaysan?

- «Roma»ga hamisha ustuvor variant sifatida qaraganman. Klub chindan ham, ambisiyali, rejalari ham ulkan. «Roma»ning o‘tgan mavsum KLda g‘olib chiqqanining o‘zi tobora olg‘a intilayotganidan dalolatdir.

- Joze Mourinyoga «Roma»da o‘ynash masalasida sobit turganing va ishtiyoqing yoqibdi. U bilan hamkorlikdan nimalar kutyapsan?

- Katta g‘alabalarga erishgan tajribali murabbiy bilan ishlash yoqimli, albatta. Joze futbolchilarga kuchli motivasiya berish usullarini yaxshi biladi. Albatta, uning uchun o‘ynashdan xursandman.

- «Roma»da Italiya termasida sen bilan birga o‘ynagan futbolchilar ko‘p. Endi ularni Trigoriyada yanada yaqinroq bilib olasan...

- Ha, ko‘plab yangi klubdoshlarim bilan terma jamoada birga o‘ynaganman. Bu holat ayni muddao - ularning maksimal darajada yordam berishlari tayin.

- Bu yerda «Palermo»dagi sobiq klubdoshing Paulo Dibala ham bor...

- Paulo bilan «Palermo»da ikki mavsum birga o‘ynaganimiz yodimda. Keyin klubdan bir vaqtda ketdik, bitta shahar, lekin boshqa-boshqa joyga bordik. Endi yana birgamiz - ajoyib taqdir.

- «Roma»ga qarshi ko‘p marta maydonga tushgansan. Jamoaning so‘nggi yillarda kuchaygani sezildimi?

- O‘ylaymanki, jamoa ayniqsa, oxirgi mavsumlarda ancha o‘zgardi. Barchasi rahbariyat ambisiyalari mahsulidir. Futbolda birinchi navbatda, natijalarga qaraladi. «Roma»ning tobora olg‘a intilayotgani va o‘yinini yaxshilashda davom etayotgani sababi ham shu, menimcha.

- Senda yangi mavsum uchun aniq maqsad yoki marralar bormi?

- Kundan kunga yaxshi o‘ynab, darajamni oshirish niyatidaman. Bu o‘z navbatida klub ambisiyalariga ham qo‘l kelishidan umidvorman.

- Endi «Olimpiko»dagi muhitni «Roma» futbolchisi sifatida his qilasan...

- Bunisi chindan ham, juda qiziq. Zero, shu kunga qadar barchasiga raqib futbolchisi sifatida guvoh bo‘lganman. Aytishim joiz, har gal stadionda muxlislarning «Roma» madhiyasini qanday kuylashlarini ko‘rganimda, etim jimirlab ketardi. To‘g‘risi, endi madhiyani «Roma» vakili sifatida eshitganimda, qanday ahvolga tushishim va boshimda nimalar aylanishini tasavvur ham qilolmayman. 

- Muxlislar seni uzoq kutishdi...

- To‘g‘ri. Ko‘pchilik xabar ham yubordi. Bu - muxlislar meni shu yerda ko‘rishni xohlashganiga alohida belgi. Endi mendan talab qilinadigani - maydonga tushish, chin yurakdan o‘ynash va muxlislar mehriga munosib javob qaytarish.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:40, 11.09.2022.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.