Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Salihamidjich - Levandovski haqida: "Levandovski biz bilan yangi shartnoma imzolashni istamadi"

Salihamidjich - Levandovski haqida: "Levandovski biz bilan yangi shartnoma imzolashni istamadi"

Baho:
+ | -

Hasan Salihamidjich "Bavariya" nima uchun Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirmaganini tushuntirdi.

“Biz u bilan yangi shartnoma imzolamoqchi edik, lekin u buni istamadi. Shunday qilib, biz uni 2023 yilda bepul qo‘yib yuborishdan ko‘ra sotish yaxshiroq deb qaror qildik. "Barsa" ajoyib tarkibni jamladi, lekin bizda qoidalar bor: biz 30 yoshdan oshgan futbolchilarga bir mavsumdan ortiq shartnoma taklif qilmaymiz.

Biz xato qildikmi, bilmayman. "Bavariya" 34 yoshli futbolchiga bunday yuqori maosh bilan 4 yillik shartnoma berishni istamadi. Bu bizning strategiyamiz. Bizda bunday pul yo‘q. Moliyaviy nuqtai nazardan bu mumkin emas edi va "Bavariya" ham Yevropada bu borada istisno emas.

Madridning “Real” klubi Modrich bilan shartnomani yildan-yilga uzaytirmoqda. Shuning uchun biz Levandovskiga: “Keling, shartnomani bir yilga uzaytiramiz”, dedik. Lekin men 34 yoshda 4 yilga shartnoma imzolash imkoniyati ajoyib imkoniyat ekanligini tushunaman.

Levandovski bizga shampan berdi va biz do‘stona munosabatda xayrlashdik. U hamisha "Bavariya" haqida ijobiy gapiradi, xuddi biz u haqida gapirganimiz kabi", - dedi Myunxen klubi sport direktori El Pais nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 16:01, 13.09.2022.
O'qildi: 1468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик