Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘FA Samvel Babayanni jarimaga tortdi

O‘FA Samvel Babayanni jarimaga tortdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Superliganing 18-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» — «Navbahor» uchrashuvi yakunlangandan so‘ng «Navbahor» futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan mahalliy muxlis hamda OAV vakili ishtirokida vujudga kelgan vaziyat o‘rganib chiqildi.

2022 yilning 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona» — «Navbahor» uchrashuvi komissaridan kelib tushgan bildirgiga asosan, «Navbahor» futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuv yakunlangandan so‘ng matbuot anjumani zaliga kirish chog‘ida mahalliy muxlis bilan tortishgani, mazkur holatni o‘zining telefoni orqali video tasvirga tushirib turgan championat.asia sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullayevni ko‘rib qolgani, Samvel Babayan o‘z yordamchilariga ushbu telefonga yozilgan video materialni o‘chirishini buyurgani, yordamchilari esa jurnalistga tazyiq o‘tkazib, telefondagi yozuvlarni o‘chirtirishga majbur qilgani aniqlandi.

Mazkur vaziyat Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishida «Navbahor» futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan, championat.asia sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullayev, ushbu sayt jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev ishtirokida ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda taraflarning ko‘rsatmalari, taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Samvel Babayan etika qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etgan deb topildi.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Samvel Babayanga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og‘ir-vazmin va professional bo‘lishga chaqiramiz. Shu o‘rinda Sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun o‘rnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:25, 14.09.2022.
O'qildi: 3368 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик