Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Ikardi «Galatasaroy»ga o‘tishdan oldin qanday shartlar qo‘ygandi?

Ikardi «Galatasaroy»ga o‘tishdan oldin qanday shartlar qo‘ygandi?

Baho:
+ | -

«PSJ»ning argentinalik hujumchisi Mauro ikardi oxir-oqibat, Turkiyaga yo‘l oldi.

U bir yillik ijara bitimiga muvofiq, «Galatasaroy» klubi safiga qo‘shildi. Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik futbolchi bu muddatda 6,75 million yevro miqdorida maosh oladi. Shundan 6 millionini «PSJ», 750 mingini Istanbul klubi to‘laydi.

Katta maosh o‘z yo‘liga. Tabiiyki, Ikardining transferi uning rafiiqasi va agenti Vanda Nara xonim aralashuvi bilan amalga oshdi. Buningsiz iloji bormidi o‘zi? Ma’lum qilinishicha, futbolchi faoliyatida katta rol bajarib kelgan Vanda navbatdagi transferda ham o‘z rolini qoyilmaqom darajada uddalagan. Mundo Deportivo nashrida yozilishicha, u turmush o‘rtog‘ining Turkiya Superligasida o‘ynashi uchun «Galatasaroy» oldiga 6ta talab qo‘ygan va ular klub tomonidan qabul qilingan.

Qiziq, Vanda xonim qanday talablarni ilgari surgan? Demak, uning istaklari bilan tanishib chiqamiz: 

1. Sutkasiga 24 soat oila xizmatida bo‘luvchi shaxsiy haydovchi.

2. Maxsus taomnoma asosida Mauro Ikardiga ovqat tayyorlaydigan shaxsiy oshpaz.

3. Ikardilar oilasi uchun xavfsiz va to‘liq jihozlangan shinam uy.

4. Shaxsiy qo‘riqlash xizmati.

5. Mauro Ikardining dekabrgacha yashashi uchun elit mehmonxonadan joy.

6. Vanda va Mauro farzandlari Istanbulda bemalol tahsil olishlari uchun talabga javob beradigan maktab.

«Galatasaroy» bu talablarni barchasini qabul qildi. Demak, endi gap Mauroda qoldi. U Turkiyada biroz xiralashgan faoliyatini qayta jonlantira oladimi? Bunisini vaqt ko‘rsatadi, albatta.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 20.09.2022.
O'qildi: 2053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик