"Manchester Siti" futbolchisi jamoada qoladi. Xabarlarga ko‘ra, jamoa hujumchisi Jek Grilish har xil mish-mishlarga qaramay, "shaharliklar"safidagi joyi uchun kurashishni istamoqda. Bu haqida Fabrisio Romano ma’lum qildi.
Grilish Gvardiola tomonidan asosan zaxirada qoldiriladi. U bu holatni o‘zgartirishni o‘ylamoqda. 27 yoshli futbolchi 2021 yilning yozida 100 million funt evaziga xarid qilingan edi.