"Chelsi" sport direktori lavozimi hali ham bo‘sh qolmoqda. Fabrisio Romanoga ko‘ra, Kristof Froynd bilan kelishilgan bitim 24 soat ichida chipakka chiqqan.
Bunga "Red Bull" rahbariyatining fikri o‘zgarishi sabab bo‘lganligi aytiladi. Ayni damda "Chelsi" sport direktori lavozimiga bittadan ortiq variantlarni ko‘rib chiqmoqda.