Fransiya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Patris Evra hujumchi Krishtianu Ronalduning ingliz klubidagi hozirgi holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hozir "Manchester Yunayted" qiynalmoqda va boshqa o‘yinchilardan foydalanmoqda, ammo ularga baribir Krishtianu kerak. Menga ishoning. Klub: “Krishtianu, qol” degan payt keladi. Bu juda mantiqiy bo‘ladi ", - deydi fransuz futbolchisi A Bola nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli hujumchining "qizil iblislar" bilan tuzilgan shartnomasi muddati 2023 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.