Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Klaudio Pisarro faoliyatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi (foto)

Klaudio Pisarro faoliyatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi (foto)

Baho:
+ | -

Mashhur perulik hujumchi Klaudio Pisarro o‘z faoliyatidagi ikki asosiy jamoa - "Bavariya" va "Verder" jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvida Bremendagi "Vezershtadion" stadionida maydonga tushib, o‘z faoliyatini yakunladi.

"Bundan yaxshiroq bo‘lishi mumkin emas edi. Bugun tomoshabinlar, maydondagi va zaxira o‘rindig‘idagi barcha do‘stlarim, shuningdek, mening oilam yig‘ildi. Bu mening faoliyatimning eng yaxshi yakuni bo‘ldi. Barchangizga rahmat!", - dedi 43 yoshli Pisarro.

Eslatib o‘tamiz, kechagi o‘yinda Pisarro har biri 30 daqiqadan iborat uchta tarkibda o‘ynadi:

"Verder" (Bremen) - "Klaudioning do‘stlari" 2-2
0:1 Klaudio Pisarro (2')
1:1 Aylton (6')
2:1 Niklas Fyulkrug (13')
2:2 Maksimilian Eggeshteyn (22')


"Klaudioning do‘stlari" - "Bavariya afsonalari" 4:4
1:0 Tomas Linke (7')
2:0 Marko Marin (9')
2:1 Klaudio Pisarro (10')
2:2 Mario Gomes (13')
3:2 Entoni Udja (21')
3:3 Klaudio Pisarro (23')
3:4 Daniel van Byuyten (25')
4:4 Nelson Valdes (26')


"Bavariya afsonalari" - "Verder" (Bremen) 2:2
0:1 Daniel van Byuyten (7' ag)
0:2 Klaudio Pisarro (16') 1:2
1:2 Aryen Robben (21')
2:2 Mario Gomes (28')

 

Kiritildi: 16:42, 25.09.2022.
O'qildi: 2096 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик