Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

«Barselona»ning 2023 yilga rejasi

«Barselona»ning 2023 yilga rejasi

Baho:
+ | -

Agar «Barselona» endi o‘yinchilar xaridi uchun kam sarflaydi, deb o‘ylasangiz, adashasiz.

Mish-mishlarga ko‘ra, klub kelasi yozda «Kamp Nou»ga birinchi darajali futbolchilarni taklif qilish ustida ishlamoqda. Quyida ulardan ba’zilari keltirilgan.

Leo Messi

Argentinalik futbolchining ajoyib tarzda qaytishi «Barsa» muxlislarining orzusi. Xabar qilinishicha, 35 yoshli futbolchi kelajagi borasida yakuniy qarorni dekabr oyida yakunlanadigan JCH-2022dan keyin qabul qiladi. Qayd etilishicha, parijliklar ham uning shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirishga tayyor.

Bernardu Silva

Diario Sport vakilining so‘zlariga ko‘ra, Mateu Alemani keyingi yozda yana otni qamchilaydi. Portugaliyalik yarim himoyachi «Barsa»ning 2022 yildagi eng katta transfer maqsadlaridan biri edi, ammo to‘rtta iqtisodiy dastakni faollashtirish shartnomani imzolash uchun yetarli emasdi, to‘g‘risi.

Dani Olmo

«La Masiya»ning sobiq iqtidori Joan Laportaning uzoq muddatli transfer maqsadlaridan biri ekanligi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» 24 yoshli futbolchi bilan 2023 yilda birlashish borasida og‘zaki kelishuvga ega. Uning «RB Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi, shuning uchun u arzonlashtirilgan narxda sotiladi.

Ruben Nevesh

Shubhasiz, 25 yoshli futbolchini sotib olishga qaror qilgan taqdirda, Xorxe Mendesh «Barselona»ga yordam beradi. Tayanch yarim himoyachisi Serxio Busketsning potensial davomchisi sanaladi. Uning «Vulverxempton»dagi amaldagi shartnomasi ham ikki yildan kamroq vaqt ichida tugaydi.

Joau Feliks

Aytishlaricha, Joan Laporta portugaliyalik iqtidorlarning ashaddiy muxlisi. «Barsa» prezidenti Feliksning potensial transferini Xorxe Mendesh bilan bir necha bor muhokama qilgan, ammo 22 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida o‘ynamasagina, «Atletiko»ni tark etadi. Keling, kelasi yozda vaziyat qay tomonga o‘zgarishini ko‘ramiz.

Florian Virts

Nemis iste’dodi «Barsa» muxlisi bo‘lib, u bir necha bor «ko‘k-anorranglilar» bilan bog‘langan. Xabar qilinishicha, «Bayer» 19 yoshli futbolchiga 150 million yevroga narxlagan, biroq bu uning jiddiy jarohat olishidan oldin edi...

Rafael Leao

Joriy mavsumni fantastik o‘tkazayotgan portugaliyalik vinger «Milan» bilan katta g‘alabalarni orzu qilmoqda. Ayrimlarning aytishicha, shaxsan Ronaldinyo 23 yoshli futbolchini hozirgi kunning eng zo‘r o‘yinchilardan biri deb biladi. Albatta, agar Leao keyingi qadamni qo‘yishga qaror qilsa, «Barselona» poygada bo‘lardi.

Trent Aleksandr-Arnold

Bu yerda ko‘pam umid qilish yaramaydi. Bir xabarda aytilishicha, «Barselona» yulduz qanot himoyachisi uchun 80 million yevro taklif qilmoqchi. Bu shubhali manba tomonidan berilgan, ammo biz buni e’tiborsiz qoldira olmaymiz. «Liverpul» hozir inqirozda. Agar ularning mavsumi rejadagidek o‘tmasa, hamma narsa bo‘lishi mumkin.

M.Po‘latov tarjimasi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:30, 27.09.2022.
O'qildi: 5114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.