Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Mayk Menyan: «Bolaligimda «Liverpul» muxlisi edim»

Mayk Menyan: «Bolaligimda «Liverpul» muxlisi edim»

Baho:
+ | -

«Milan» darvozaboni Mayk Menyan - qisqa fursatda omma e’tiborini o‘ziga qaratgan futbolchi.

 Uning Italiya chempioni safidagi o‘yinlari Fransiya milliy jamoasi murabbiylar shtabining doimiy kuzatuvida, albatta. Kiperning o‘zi esa yaqinda Dazn Heroes mehmoni bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda bir qator qiziqarli savollarga javob qaytardi. Mana, fransiyalik kiperning so‘zlari bilan o‘zingiz tanishib chiqib, uning fikrlash qobiliyatiga baho berishingiz mumkin.

Darvozabon roli

- Darvozabon maydonda yolg‘iz, shuning uchun uning roli ancha murakkab. Sen maydonda barchasini imkon boricha aniq bajarishing shart, zero, bitta xatoing ham butun jamoani qiyin ahvolga solib qo‘yishi hech gap emas. Qisqasi, darvozabonlik uchun kuchli mentalitet kerak, busiz hech iloji yo‘q.

Bolalik orzulari

- Yoshligimda asosan maydon markazi yoki hujumda o‘ynashni yoqtirardim. Biroq bu orzuligicha qoldi. Bir safar murabbiy Romen Damiano bilan janjallashib qoldim va u jazo tariqasida meni darvozaga qo‘ydi. Shu tariqa keperga aylandim...

Sevimli futbolchisi

- Bolaligimda asosan Jerrard o‘yinlarini diqqat bilan kuzatardim, chunki «Liverpul» muxlisi edim. 

Ibragimovich bilan ilk uchrashuvi 

- Parijdagi birinchi uchrashuvimizni yaxshi eslayman. Ibraning zarbasi o‘ta kuchli ekanligi hammaga ma’lum. Qisqasi, mashg‘ulotda uning zarbasidan so‘ng to‘pni qaytardim. Kiyinish xonasiga qaytganimizdan keyin Ibra oldimga yaqinlashdi va ruhimni ko‘tardi: «Qoyil, mentaliteting yoqdi, shunday davom et, aslo bo‘shashma». Qarang, oradan 8 yil o‘tib, yana bir klubda o‘ynayapmiz.

Donnarumma bilan qiyos

- O‘tgan mavsum har qadamda meni Donnarumma bilan taqqoslayotganlarini eshitsamda, hech qanday bosim sezmadim. Har bir o‘yin oldidan o‘zimni chetdagi gap-so‘zlar va fikrlardan izolyasiya qilishni ma’qul ko‘raman. Shunda bosimni his qilmayman. Deylik musiqa tinglashim yoki o‘zimni «shaxsiy dunyom» bilan yopib olishim mumkin.

Dida bilan munosabat

- «Milan»dagi ilk kundanoq u bilan ko‘p gaplashdik. Har doim Didadan nimadir olishga urinaman. Asosiysi, u hamisha yordam berishga shay.

Bosh murabbiy falsafasi

- Pioli biz bilan doimiy aloqada: o‘yindan oldin, ke­yin, tanaffusda. U o‘zimizni tetik tutishimiz uchun shu tarzda iroda va ishonch beradi.

Raqib hujumchilarini o‘rganish

- Hujumchi rolini azaldan yaxshi ko‘raman. Hozir ham o‘yinlar tomoshasida darvozabonlardan ko‘ra, hujumchilar harakatini ko‘proq kuzataman. Ularni shu tarzda o‘rganaman. Qisqasi, hujumchi darvozamga yaqinlashgan pallada uning keyingi harakatini bemalol taxmin qilishim mumkin va ko‘pincha adashmayman.

«Milan» muxlislari armiyasi

- Italiyada eng yaxshi muxlislar biz tomonda. Ular o‘tgan mavsum jamoamizga katta kuch bag‘ishlashdi. Rimda «Lasio»ga qarshi kechgan o‘yin hamon esimda: o‘zimizni xuddi uyda to‘p surayotgandek his qilgandik. «Redjo Emiliya»da «Sassuolo»ga qarshi bo‘lgan bahsda ham xuddi shu holat takrorlandi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:35, 28.09.2022.
O'qildi: 1730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.