Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Dahshat! Qatar Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiyadan 20 barobar ko‘proq pul sarflagan!

Dahshat! Qatar Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiyadan 20 barobar ko‘proq pul sarflagan!

Baho:
+ | -

Qatardagi Jahon chempionati o‘ziga xos o‘tishi kutilmoqda. Uning farqi nafaqat o‘tkazilish vaqtida, balki tashkilotchilik jarayonida hamdir. Quyida Qatardagi mundialning moliyaviy jihatlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Demak, boshladik...

Fors ko‘rfazi yoqasida joylashgan jimitdekkina mamlakatning juda boyligidan hammaning xabari bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, arab davlati JCHga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 200 milliard funt-sterling sarflagan. Bu esa Rossiydagi 2018 yilgi mundialga qaraganda 20 barobarga ko‘proq mablag‘ deganidir. Turnirning 2022 yilgi versiyasi butunlay teskari vaqtda o‘tkaziladi. 20 noyabrda start oladigan musobaqada har doimgidek 32 ta jamoa ishtirok etadi. Ammo unga sarf qilingan sarmoya har doimgidek emas. Eng oxirgi mundialda Rossiya 11,6 milliard funtni turnir uchun ishlatgan. Qatarda esa 200 milliard...
Bundan oldingi rekord sarf-xarajat Braziliyaga tegishli edi. O‘shanda braziliyalik tashkilotchilar 15 milliard funt evaziga bir oy davomida Jahon chempionatiga mezbon bo‘lgandi.
Shuningdek, 2010 yilda Janubiy Afrika 3,6 milliard, 2006 yilda Germaniya 4,3 milliard, Janubiy Koreya va Yaponiya esa birgalashib, 7 milliard funtni aynan mana shu nufuzli musobaqaga sarflagan. Bu borada 1998 yildagi Fransiyaning ko‘rsatkichi 2,3 milliardga, AQSHniki esa (1994) 500 million dollarga teng.

Qatardagi mundialning yana bir xos jihati, u yerda talabdagidan ko‘ra, mehmonxonalarning ancha kamligidir. 2022 yilning mart oyidagi ma’lumotga ko‘ra, Qatarda bor-yo‘g‘i 30 ming o‘ringa ega mehmonxonalar tarmog‘i bo‘lgan. Vaholangki, qishda ushbu davlatga JCH munosabati bilan bir milliondan ortiq mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda. Yana kamiga, mavjud joylarning qariyb 80 foizi qatnashuvchi terma jamoalar, homiylar va ularning shaxsiy guruhlari uchun ajratilgan.
Shu sababdan Qatarga qo‘shni hisoblangan Saudiya Arabistoni, BAA, Ummon va Quvayt keladigan muxlislarga o‘z bag‘ridan joy bermoqchi. Xususan, ular uchun o‘sha davr mobaynida Dubay-Doha yo‘nalishiga kunlik 50 ta reys qo‘yilishi rejalashtirilgan. Birlashgan Arab Amirliklari o‘zida bir milliongacha turistni qabul qilishi mumkinligini aytgan.

Endi turnir tashkilotchisi bo‘lgan davlatning infratuzilmasiga ham ozgina to‘xtalib o‘tsak. Agarda Qatar yuqoridagi 200 milliard funt-sterlingni faqatgina mundial uchun tikkan desangiz, adashasiz. Pullar asosan mamlakatni rivoji va modernizasiyasi uchun sarf etilgan. Xususan, hozirgi qurilish ishlarining ko‘pi Qatarda 2030 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Qatar Milliy Ko‘rgazmasi" uchun ham atalgan. Shu munosabat bilan davlatda 2019 yilning may oyida ilk metro foydalanishga topshirildi. Bu uchun byudjetdan 36 milliard dollar sarflandi. 2014 yilda ishga tushirilgan Hamad xalqaro ayeroportini qurish uchun esa 16 milliard dollar sarf etilgan. Shuningdek, poytaxt, Doha atrofida yaratilgan qo‘shimcha 19 ta tuman uchun ham 100 milliard dollar atrofida xarajat qilingani aytiladi. Qolaversa, mamlakatda 7 ta yangi stadion qurildi, "Xalifa" xalqaro stadioni esa to‘liq rekonstruksiya qilindi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:00, 29.09.2022.
O'qildi: 2936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.