Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Sautgeyt Angliya terma jamoasida juda xavfli yurish qilmoqda

Sautgeyt Angliya terma jamoasida juda xavfli yurish qilmoqda

Baho:
+ | -

Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasida juda xavfli yurish qilmoqda – yo millat qahramoni bo‘lasan yoki bir necha oy o‘tib, nafrat daryosida cho‘milasan. Bir qaraganda, inglizlar yarim asrdan ko‘proq vaqt o‘tib, ilk bor katta turnir finalida o‘ynashdi, boshqa tarafdan u doim tanqid ostida – iqtidorli avlod salohiyatini ko‘mish bilan shug‘ullanyapti ekan.

Bir qaraganda, qanaqa avlod, axir doim inglizlarda yorqin futbolchilar bo‘lmaganmi? Jerard, Lempard, Bekxem, Ouen, Runi – hammasi ingliz futboli afsonalari va birga to‘p surganlar ham.O‘sha tarkiblar ham mundialda yarimfinalni ko‘rmagach, Sautgeytga Sterling, Maunt yoki Sanchoni minnat qilishimiz qanchalik to‘g‘ri?

Aslida gap boshqa yoqda. Sautgeyt avvalgi hamkasblaridan farqli ravishda, yaqqol ko‘rinib turgan, hammaga tushunarli va yoqimli qarorlarni qabul qilmayapti. Ziddiyat ham shunda: hamma savol beradi – nega Trent Aleksandr-Arnold asosiy tarkibda o‘ynamaydi, nega Sancho jalb qilinmayapti, Maguayrga ishonch qayerdan, Grilish nega Yevroda kam vaqtga ega bo‘ldi va hokazo. Bunday qarorlar qachonki, jamoa kubokni boshi uzra ko‘targanda murabbiyni dahoga aylantiradi, aksincha holatda esa, savollar yanada baland ovozda yangrayveradi, yangrayveradi.

Biz yaqin tarixga qaraganimizda, juda yorqin Angliyani ko‘ramiz, to‘g‘rimi? Ana, Bekxem qizil olmaganda Argentinani, Runi maydondan chetlatilmaganda, Portugaliyani yutardik. Ronaldinyoning ajoyib jarima zarbasi, Lempardning hisoblanmagan, keyinchalik VARni futbolga olib kirgan mashhur “goli”...  Bir necha boy berilgan penalti seriyalari... Juda yorqin. Har bir mag‘lubiyat uchun sabablar topiladi. Murabbiy esa, ko‘pincha, oq. Aslida o‘sha o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun boshqacharoq tarkib, taktika, reja mavjudmidi, degan savolga javob ham izlab o‘tirilmaydi. Chunki o‘sha murabbiylar, yuqorida aytganimdek, tushunarli, yoqimli va hammaning nazdida eng to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishgan. Qo‘lingda ham Jerard, ham Lempard bo‘lganda, biridan voz kechib, tarkib muvozanati, himoyaviy rejalar uchun shartli Karrikni tarkibga qo‘ymas ekansan, o‘yindan keyingi tanqidlardan qutulasan kamida – hech kim Karrik qani, deb so‘ramaydi.

Sautgeyt esa, boshqa yo‘ldan bormoqda. Bu shunday yo‘lki, terma jamoa balkim tarixidagi eng yaxshi natijani qo‘lga kiritishi mumkin, lekin yorqin bo‘lmaydi. Avvalgi yillardagi kabi, esda qolarli ravishda yutqazmaydi. Aniq, shubhasiz, mag‘lubiyatdan so‘ng maydondagilar emas, o‘sha kuni o‘ynamaganlar haqida javob berishga to‘g‘ri keladi. Har qanday mag‘lubiyatdan so‘ng, shu o‘yinda g‘alaba uchun boshqacharoq yo‘l bormidi, degan savolni hamma izlab, o‘zicha javob beraveradi, beraveradi. Tabiiyki, poyezd ketib bo‘lgach, o‘sha boshqalar, muxlislar, jurnalistlar tomonidan tanlangan har qanday tarkib Sautgeytnikidan kuchli ko‘rinaveradi, ko‘rinaveradi.

Ha, biroz xavfli yo‘l. Ammo uning murabbiy sifatidagi mana shu qat’iyligiga qoyil qolmasdan iloji yo‘q.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 18:30, 29.09.2022.
O'qildi: 3534 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик