Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Mbappening shov-shuvli janjallari

Mbappening shov-shuvli janjallari

Baho:
+ | -

 Fransuzning g‘ayrioddiy xatti-harakati klubdoshlari va terma jamoa bilan ko‘plab mojarolarga olib kelmoqda. "Kibrian" laqabining ham kelib chiqishi bejiz emas. Xo‘sh, Mbappe kimlar bilan urushmoqda? Ular orasidagi eng ko‘p muhokama bo‘lganlarini esa quyida taqdim etamiz. 

Neymar penalti tepish huquqini Mbappega berdi

Mbappening birinchi jiddiy shov-shuvli janjali mavsum boshida sodir bo‘ldi. Chempionlar ligasi o‘yinida Neymar bilan maydonda o‘zaro penalti talashishi yaxshi emas. Braziliyalik bundan norozi bo‘ldi shekilli, Kilian 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi. Ko‘cha futbolida shunday gap bor "norozi qilma gol ura olmaysan!"

Argentinaliklarga PSJda o‘rin yo‘q

Kilian va jamoaning boshqa a’zolari klubda argentinaliklar ko‘payib ketganidan norozi bo‘lib, rahbariyatdan Anxel Di Mariya, Mauro Ikardi va Leandro Paredesning ketishini talab qilishdi. Shuningdek, jamaoaning sobiq murabbiyi ham "kumush o‘lka" fuqarosi edi. Xozir esa jamoada bitta argentinalik o‘z o‘yinlarini topib bormoqda. U bilan ham Mbappe o‘rtasida mojaro chiqqan. 

Messi bilan raqobat

Lionel Messi ham Mbappening "qora ro‘yxati"da borligi ajablanarli emas . Argentinalik futbolchini sotishni so‘rash, so‘ngra o‘yin vaqtida uni gavdasi bilan turtib o‘tgan Mbappe ko‘p tanqid qilindi. Mbappeni ham tushunsa bo‘ladi. U klubda "qirol" bo‘lishni istaydi. Ammo undan nomi ancha mashhurroq futbolchi bor ekan, bunday bo‘lishi imkonsiz. O‘sha mashhur qanchalik yomon o‘yin ko‘rsatsa ham, hech nima o‘zgarmaydi. Mbappe esa uni ketkazish niyatida bo‘lishi tabiiy. 

Lotin Amerikasi ham Mbappega qarshi 

Janubiy Amerika qitasidagi mutaxassislar ham "Kibrian"ning harakatlariga keskin munosabat bildirishgan. Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite bunga yorqin misol. Balki u Neymarning tarafini olgandir. 

Terma jamoadagi mojarolar va Pogbaning qarg‘ishi

Tinib-tinchimas Mbappe Fransiya termasida ham tinch o‘tirmagan. Antuan Grizmann va Olive Jiru bilan bo‘layotgan kelishmovchiliklar muammoning e’tibor berishga arzimaydigan tarafi. Aslida bu ham jiddiy voqelik, ammo qahramonimiz Mbappe ekan, biz bunga o‘rganib qoldik. Mbappening aytishi Pogba uni shamanlar yordamida qarg‘ish qilganmish. Qiziq, termadagi keyingi mojaro kim biln bo‘lar ekan. 

Mbappe hammaga qarshi

Futbolchining terma jamoa bilan munosabatlari jamoaviy fotosessiyada qatnashishdan bosh tortgani uchun yomonlashgan bo‘lishi ham mumkin. Mbappega Fransiya futbol federasiyasining imij siyosati yoqmayapti, natijada navbatdagi qarama-qarshilik yuzaga kelgan. 

M.Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:23, 29.09.2022.
O'qildi: 2874 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.